Mashhur rus rassomi I. Shishkin 1832-yilda Tataristonning Ela-buga qishlog'ida tug'ilgan. 1898-yilda Peterburgda vafot etgan. U 1852-1856-yillarda Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va me'morlik bilim yurtida dastlabki ta'limni oldi. 1856-1860-yillarda Badiiy akademiyada o'qigan.
Tasviriy san'atning manzara janrida ijod qilgan rassom Rossiya tabiatining go'zalligini, ulug'vorligini tarannum etgan. Uning 1878—1891-yillarda yaratgan "O'rmondagi tegirmon", "Emanzor", "Qarag'ayzor tongi", "Qayinzor", "Bug'doyzor", "Yowoyi shimolda", "Kemabop daraxtlar o'rmoni", "Qish" kabi asarlari diqqatga sazovordir.
Mashhur rus rassomi L Repin 1844-yilda Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyev qishlog'ida tug'ilgan. 1938-yil Peterburg yaqinidagi Kuokkalada vafot etgan. I. Repin 1864—1871-yillarda Peterburg Badiiy akademiyasida o'qigan. Rossiya va xorijiy davlatlar bo'ylab qilgan sayohati asosida portret, maishiy va tarixiy janrlarda ko'plab asarlar yaratdi.
O'z asarlarida kishilarning og'ir turmushini, adolatsizliklarni, rus xalqi ijtimoiy hayotidagi qarama-qarshiliklarni realistik tarzda aks ettirgan. Bunday asarlarga 18701885-yillarda yaratilgan "Volga burlaklari", "Kurs guberniyasidagi salb yurishi", "Kutmagan edilar", "Tavbadan bosh tortish" kabi asarlarini kiritish mumkin.
92-rasm. Ilya Repin. "Zaporojeliklar turk sultoniga xat yozishmoqda"