6-Topshiriq


Oriy qabilalarining Hindistonga kirib kelishi



Yüklə 188 Kb.
səhifə4/15
tarix18.05.2023
ölçüsü188 Kb.
#116512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
6-Topshiriq mavzu Qadimgi Hindiston

Oriy qabilalarining Hindistonga kirib kelishi
Ko‘p yillardan buyon oriylarning Hindistonga kelgan vaqti, sababi va qaysi yo‘llar orqali kelganligi hindshunoslar diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. Ayrim olimlar taraqqiy etgan oriylar qoloq mahalliy qabilalarni o‘ziga bo‘ysundirib, ular Hindistonga yuksak madaniyat olib kirishdi deb hisoblaydilar. Ular oriylarni mahalliy xalqlardan yuqori qo‘yib, mahalliy xalq taraqqiyotga mustaqil tarzda erishganini inkor etadilar. Mazkur nazariyaga ko‘ra, sinfiy jamiyat Hindistonga oriylar kirganidan so‘ng paydo bo‘lgan.
O‘n yillar davomida o‘zi bilan «asl e’tiqod» keltirgan, oqtanli va ko‘k ko‘z, baland bo‘yli oriylar bosqini haqidagi bu «nazariya» qadimiy Hindiston sirlarini ochadigan oltin kalit rolini o‘ynab keldi. Quldorlik qay tarzda vujudga keldi? Mamlakatga oriylar bostirib kirib, mahalliy xalqni o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Davlat qanday paydo bo‘ldi? Uni oriylar mahalliy aholiga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun barpo etdilar. Kastalar qay yo‘sinda tarkib topdi? Buni oriylar zulmat va jaholatga botgan mahalliy xalq bilan qorishib ketmaslik maqsadida o‘ylab topganlar. Hind madaniyatining manbalari qayerda? Ular mamlakatning keyingi tarixi davomida go‘yo taraqqiyot asosi bo‘lib qolgan oriylar ruhida deb uqtirmoqchi bo‘ladilar.
Hind olimi D.Kosambi o‘z tadqiqotida «Hind madaniyatining har qanday yuksak darajaga erishishi – oriylar xizmati, bu natsistlar rejimi vaqtida keng targ‘ib qilingan «oriylar tushunchasi»ga yanada ko‘proq chalkashliklar kiritdi» deb aytadi.
Hind vodiysida taraqqiy etgan sivilizatsiya mavjud bo‘lganining kashf etilishi ko‘pchilik olimlarni o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Oriylar muammosi bo‘yicha batafsil adabiyotlar yaratilgan va tarixchi, tilshunos, arxeolog, etnograf, antrapolog kabi turli soha olimlari bu muammo bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. «Oriylar muammosi»ga turli xil nuqtai nazar bilan qaragan olimlarning fikricha faqat bitta narsa o‘xshash. ya’ni, miloddan avvalgi 2000 yillarda Shimoliy Hindistonda hind-oriy tillari tarqalib, ularda so‘zlashuvchilar o‘zini oriylar deb ataganlar.
«Oriy» so‘zi olimlar fikricha, qadimgi eronlik va qadimgi hind qabilalarining nomlanishini anglatadi. Qadimgi matnlarni o‘qish asosida veda davrida «ar’ya» so‘zi «kelgindi», «boshqa yerlik» ma’nolarini bildirishi aniqlandi. «Xo‘jayin», «aslzoda» degan so‘zlar qadimgi Hindiston va Eronning ko‘pgina yodgorliklarida uchraydi.
“Oriy” so‘zi hozirgi Eron davlatining nomi bilan bog‘liq. «Eron» «ar’yana» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «Oriylar mamlakati» ma’nosini bildiradi. Qadimgi hind manbalarida chegaralari turlicha ko‘rsatilgan oriylarning muqqadas yurti Ar’yavarta haqida zikr qilinadi. Ular tilining yaqinligi ham Eron va hind-oriy qabilalari ajdodlarining keng urug‘chilik aloqalari yoki birligini ko‘rsatadi. O‘rganish va qiyoslash qadimda bu tillarning grammatik tuzilishi va asosiy lug‘at boyligi umumiy bo‘lganidan dalolat beradi. Masalan, «suv» qadimgi eron va hind tillarida «ap» deb atalgan. Yer «bumi»-«bxumi», «shamol» har ikki tilda «vata» deb yuritilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bundan tashqari qadimgi Eron va Veda dinini qiyoslash qadimgi Eron va hind-oriy ajdodlarining diniy tushunchalari o‘xshash bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, urf-odatlar, olovga e’tiqod qilish, muqaddas hind «soma» si (ichkiligi), Eron «xauma»si ham bir biriga o‘xshashdir[3].
Qadimgi hindlar va eronliklar ulug‘lagan va o‘zlarining diniy va epik asarlarida madh etilgan ko‘pgina ma’buda qahramonlarning ismlari ham mos keladi. Masalan, har ikkala qabilada asosiy ma’buda Mitra bo‘lib, shamol hamda urush ma’budi Vayu ma’lum edi. Diniy va adabiy an’analarda ham tidqiqotchilar aksar o‘zaro muvofiq afsona va epik hikoya syujetlarini aniqlaganlar.
Qiyosiy ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, Eron va hind-oriy qabila ajdodlarining turmush tarzi bir xil, ya’ni o‘troq yoki yarim o‘troq bo‘lgan. Ularning asosiy mashg‘ulotlari dehqonchilik edi. Qadimgi hind-oriy va eroniylar uchun umumiy bo‘lgan dehqonchilik hamda chorvachlik bo‘lgan asboblari, madaniy o‘simliklar, uy hayvonlari, metall hamda jangovar arava nomlarini anglatuvchi so‘zlar ma’lum.

Yüklə 188 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin