Hinduizm Hinduizm asosini qadimgi Hindistonning arxaik e'tiqodlari daraxtlar, tog', suv havzalari, ilon, sigir va maymun kabilarga sig'inish tashkil etadi. Hozirgi kunda ham hinduizmda, qadimgi davrdan boshlab ma'buda onaga sig'inish katta rol o'ynaydi. Hinduizmda bosh yaratuvchi — xudo g'oyasi mavjud. Bu xudo Vishna bo'lib, u hayvonlar sirtlon, baliq, tosh-baqalar, yoki insonlar odatda qora tanli podsho, yoki cho'pon (krishnalar) qiyofalarida namoyon bo'ladi. Vishna boshqa kichik xudolar timsoliga kirishi mumkin. Vishna odatda podsho tojida, ba'zida dunyo iloniday yastanib yotgan holda tasvirlanadi.
Boshqa hinduistlar bosh xudo deb sopol parchalarini osgan asket (davrish) yoki raqqos qiyofasida ifodalanadigan Shivani hisoblaydilar. Shivaga ko'pincha unga bag'ishlangan muqaddas ho'kiz hamkorlik qiladi. Qadimgi davr oxiri va hozirgi kunlarda hinduistlar Vishna va Shivaga e'tiqod qiluvchilarga bo'linadi. Hinduistlarning muqaddas matnlari vedalar hisoblanadi. Hinduizimda ibodatxonada toat-ibodat qilish rasm bo'ldi. Bayram tantanalarining eng muhim qismi tantanali yurishlar, namoyishlar bo'lib, xudoning tasviri olib yurilgan. Ibodatxona oldida uning xizmatchilari kohinlar, raqqoslar, musiqachilar yashagan.
Hinduizm mafkurasining asosiy belgilari «Bxagavadgita» («Xudo qo'shiqlari») poemasi bo'lib, «Maxabxarat» tarkibiga kiritilgan. Hinduizmning axloqida cheksiz sabr-toqat qilishga chaqiriladi. Ijtimoiy munosabatlarda inson muloqoti o'z ijtimoiy doirasi bilan cheklanish kerak. Kasta bo'yicha kasbni o'zgartirish ta'qiqlanadi. Nikohni bolalikda o'qitish odati tarqalgan. Bevani o'z erini gulxanda kuydirgan paytda o'ziga olov berishi eng savob ish hisoblangan.
Qadimgi Hind adabiyotida markaziy o'rinni diniy adabiyot yodgorliklari egallaydi. Ularning eng qadimgilari vedalar, o'qituvchidan o'quvchiga og'zaki uzatilgan. Veda madhiyalarining katta qismi qurbonlik rasm-rusumlariga bag'ishlangan. Er. av. I ing yillikning II yarmida budda adabiyoti shakllangan. Ilmiy va didaktik ruhdagi adabiyotlardan er. av. V—IV asrlarda Panini tuzgan Sanskrit grammatikasidir. Bu mutaxassislarning fikricha jahon fanida XIX asrgacha tilning eng yaxshi bayon qilingan asaridir. Hindistonda yozuv kechroq paydo bo'lgan, uning ilk namunalaridan biri Ashoki yozuvlaridir[8].
Qadimgi hindlar mantiq, til falsafasida katta yutuqlarga erishdilar. Matematika, astronomiya fanlari bo'yicha V asrda mashhur olim Ar'iyabxattaxa harakatning nisbiyligi asosida yerning o'z o'qi atrofida aylani-shi va uning quyosh atrofida aylanishini faraz qiladi. Matematikada nolni kiritilishi, arab raqamlari deb aytiladigan raqamlar Hindistondan kelib chiqdi. Eramizning I asrlarida turli adabiy janrlar mavjud bo'lgan. Bu davrda mashhur dramaturg Shakun Kalidasa ijod qiladi. «Panchatatra» deb atalgan kitobda masallar to'planadi, uning arabcha tarjimasi «Kalila va Dimna» deb ataladi.