6-Topshiriq


Ilk davlat birlashmalari vujudga kelishi.Malla, Cholla, Magadxa kuchayishi. Pataliputra. Nandalar davlati. Davlat tuzumi. Iqtisodiy munosabatlar



Yüklə 188 Kb.
səhifə7/15
tarix18.05.2023
ölçüsü188 Kb.
#116512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
6-Topshiriq mavzu Qadimgi Hindiston

Ilk davlat birlashmalari vujudga kelishi.Malla, Cholla, Magadxa kuchayishi. Pataliputra. Nandalar davlati. Davlat tuzumi. Iqtisodiy munosabatlar.
Vedalarda aytilishicha va epik (xalq dostonlari) davri tasavvurlariga ko‘ra shoh va shoh sulolalari xudolar irodasiga bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan. Eng keng tarqalgan rivoyatlarga ko‘ra Gang daryosi vodiysida epik davrning eng yirik sulolalari Quyosh va Oy nomi bilan atalib, ularning asoschilari Quyosh va Oy xudolarining avlodlari sanalganlar. Quyosh sulolasi «Ramayana» dostonining qahramoni Rama bilan, Oy sulolasi esa Kauravi urug‘i bilan bog‘langan. Bu urug‘ning avlodi "Rigveda" da nomi zikr qilingan shoh Bxarata bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, bxaratalar "Rigveda" davrida Sarasvati (Hind daryosi irmog‘i) va Yamuna daryolari orasida yashaganlar.
Bxarata ulkan shon-shuhratga ega edi. Bu dongdor hukmdor sharafiga qadimda butun shimoliy Hindiston «Bxaratvarsha» - «Podsho Bxarata avlodlari mamlakati» deb atalgan (hozirda Hindiston Respublikasi rasman Bxarat deb nomlanadi). «Maxabxarata» ning ba’zi qahramonlari ham bxaratlar urug‘iga mansub. Dostonda Bxarata avlodlarining ulkan urushi Kauraviy va Panddaviylarning Kuru maydoni – Kurukshetradagi to‘qnashuvi haqida hikoya qilinadi. Zamonaviy hindshunoslar fikricha, bu jang miloddan avvalgi XI-IX asrlarda ro‘y bergan. B.B.Lal boshchiligidagi hind arxeologlari Kauraviylarning bosh shahri Xastinapurda qazish ishlarini olib bordilar. Topilgan ma’lumotlarga ko‘ra shahar ahli taxminan miloddan avvalgi XI-IX asrlarda suv toshqini tufayli uni tashlab chiqib ketgan. Bu voqea «Maxabxarata» ma’lumotlariga mos keladi[6].
Shu narsa diqqatga sazovorki, qadimgi hind manbalari Kurukshetradagi jangdan so‘ng yangi davr boshlanganini qayd etadi. Avvaliga qudratli va nufuzli panchal va kuru qabilalari o‘zining siyosiy mavqeini yo‘qotib, maydonga Sharqiy Hindistonda kichikroq davlatlar, birinchi navbatda Koshala (poytaxti Ayodxa va Shravasti), Kashi (bosh shahri Varanasi), Videxa (poytaxti Mitxeli) chiqadilar. Hozirgi Bixarning janubida Magatxa davlati (poytaxti Giravraja, so‘ng Rajagrixa) g‘arbiy tumanlarda-Avanti (poytaxti Ujjayn-Ujjayani) muayyan mavqega ega bo‘ldilar.So‘nggi vedalar adabiyotida mamlakat uch qismga bo‘linganligi haqida aytiladi. Ular Arvarta (oriylar mamlakati) va Dakshinapatxa - (janubiy mamlakat) dan iborat edilar.
Hayot taqozosi tufayli aynan shu o‘lkalar madaniyat va davlatchilik markaziga aylandilar. Mazkur davr o‘n yillar davomida turli mamlakat olimlari tomonidan o‘rganildi va o‘rganilmoqda. Tadqiqotchilar ixtiyoridagi arxeologik manbalar qatoriga o‘sha paytlarda yaratilgan adabiyotlar–vedalar va qadimgi hind eposi ham qo‘shilgan. Shu yerda ta’kidlash joizki, shimoliy Hindiston tarixida miloddan avvalgi II-ming yillik oxiri va I-ming yillik boshlari vedalar davri deb yuritiladi. Vedalar davrining ko‘p jihatlarini bugun umumiy ko‘rinishda tasavvur etish mumkin. Tarixiy dalillar yetishmasligi tufayli veda adabiyotiga oid ayrim asarlar sanasini aniqlash qiyin. Qadimgi Hindiston tarixi bosqichlari bir-biridan farq qilsa ham, olimlar o‘sha davr moddiy, ma’naviy, madaniy va ijtimoiy hayotining asosiy xususiyatlarini ochib berganlar. Xalqlar orasida ana shu uzoq o‘tmish to‘g‘risida, umumiy farovonlik va xaqiqat davri degan tasavvur saqlanib qolgan bo‘lib, bu davr «Oltin asr» nomi bilan mashhur.
Rivoyatlarda, chamasi, tarixiy rivojlanishning uzoq o‘tmishi ibtidoiy jamoa tuzumida madaniy va ijtimoiy taraqqiyot shakllanishi, sinfiy jamiyat va ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi o‘z aksini topgan.
Qadimgi Hind adabiyoti yodgorliklari ustida ish olib borgan tadqiqotchilar “Rigveda” da «umumiy mulk», «umumiy qoramol», «umumiy chorva» kabi iboralar mavjudligini qayd etganlar. Butun jamoa tangridan farovonlik tilab birgalikda sig‘ingan. So‘nggi veda davrida esa qurbonlik faqatgina o‘z omadini o‘ylagan alohida shaxs tomonidan keltirilgan.Asosiy ijtimoiy birlik jamoa, ya’ni ganapati bo‘lib, uning boshlig‘i gana nomini olgan. Jamoalar jips va birlashgan guruhni tashkil etgan.
“Rigveda” va so‘nggi veda adabiyotlari ibtidoiy jamoa munosabatlari barham topib, moddiy va ma’naviy tabaqalanish yuzaga kelganidan dalolat beradi. Jamoa mulkchiligiga xos an’analar sekin-asta kuchsizlanib bordi. Butun boshli qishloqni tuhfa qilish haqida ma’lumotlar mavjud. Yer oldi-sotdisi, brahmanlarga yer hadya etish hollari ham uchraydi. Ko‘p hollarda qurbonlik qilish marosimi alohida shaxslar tomonidan o‘tkazilgan. Bora-bora “Rigveda”ning ayrim madhiyalarida kambag‘al va boylar haqida hikoyalar uchray boshladi. Chorvaga tamg‘a qo‘yish muhim marosim bo‘lib, ma’lum taomillarga muvofiq amalga oshiriladi. Bu ham xususiy mulkchilik qaror topganidan dalolat beradi. Qoramol boylikning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanib, u qabilalararo ziddiyatlar keltirib chiqargan. Qoramol sovg‘a qilish haqida ham ma’lumotlar uchraydi.
Veda davrining oxirida ozod to‘rt tabaqali tizim tarkib topishi bilan kishilar o‘rtasidagi tengsizlik yuzaga keldi. Bu ijtimoiy tabaqalanishdan dalolat berib, jamiyatning mohiyati uni ikki sinf: qul egalari va qullarga bo‘linishini keltirib chiqardi. Qul so‘zini anglatuvchi «das» iborasi qadimiy va uning dastlabki ma’nosi «dushman», «johil», «dindan qaytgan» ma’nolarini anglatgan. “Rigveda” da bu so‘z «qabilalararo to‘qnashuvlarda asir tushgan yoki jamoaning qullikka mahkum qilingan a’zosi» ma’nosini bildirgan. «Oriy» so‘zi «das» so‘ziga karama-qarshi bo‘lib, “oliy himmat” hamda "ozod" ma’nosida qo‘llanilgan. Birinchi navbatda harbiy asirlar va mahv etilgan aholi qul qilingan. Biroq qullik faqat urush tufayli kelib chiqmay, balki ibtidoiy jamoada ishlab chiqarish kuchlarining rivoji va ijtimoiy tengsizlik tufayli uning kelib chiqishi uchun shart-sharoit yetilgan. Qullar ham mulkning bir qismi hisoblangan.
Quldorlikning mustahkamlanishi fuqarolik aloqalari o‘rnatilishi, davlat va huquqning rivojlanishi, yangi axloqiy mezonlarning shakllanishi suratini tezlashtirdi. Bir shaxs boshqalar roziligi bilan qonuniy asosda boshqa birovni, hatto qabiladoshi yokiqarindoshini sotib olishi, uni hadya qilishi yoki o‘ldirishiga ruxsat etildi. Shu tariqa ibtidoiy jamoa tuzumidan tubdan farq qilgan yangi ijtimoiy tuzum yuzaga keldi. Quldorlik rivoji jiddiy ahamiyatga ega bo‘la boshlagach, odamlarni qurbon qilish to‘xtatildi.
Qadim Hindistonda dalatning paydo bo‘lish jarayoni uzoq davom etdi. Bu xususda turli fikrlar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, dastlabki hukmdor ko‘pchilik tomonidan saylangan, yo‘lboshchi yo‘qligi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini barcha tushungan. Kishilar Quyosh xudosining o‘g‘li Manudan o‘zlariga boshchilik qilishi, ularni dushmanlardan himoya etishi, bahs va muammolarni yechishda hakamlik qilishini iltimos qilganlar. Uni ta’minlab turish maqsadida soliq yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan. Manbalarga ko‘ra hokimiyat tizimi asta-sekin qabila boshqaruvidan kelib chiqqan. Davlatlar kichik bo‘lib, bir yoki bir necha qabilani birlashtirgan. Davlat eng yirik va qudratli qabila nomi bilan atalgan. Qabila rahbari roja bu vaqtga kelib yakka hokim sifatida namoyon bo‘lgan. “Rigveda” va “Atxarvaveda” madhiyalariga ko‘ra roja ayrim hollarda xalq majlisi – Samita tomonidan saylangan. Hukmdor asosan taniqli, boy va urug‘-aymog‘i ko‘p oila vakili bo‘lgan. Veda davridayoq shoh hokimiyati meros qoladigan, ya’ni taxt otadan katta o‘g‘ilga o‘tadigan bo‘ldi. Xalq majlisi ko‘pincha taxt vorisi masalasini muhokama qilgan. Dostonlarda xalqning davlat ishlarida qatnashishi haqida aytilgan bo‘lsa ham, faol bo‘lmagan. Veda adabiyotida umumxalq majlisini anglatgan – sabxa iborasi ham uchraydi. Tadqiqotchilar taxminicha, sabha faoliyati qarorlar chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan. Mazkur so‘z sud jarayoni o‘tayotgan bino ma’nosini ham anglatgan. Shoh xokimiyatining mustahkamlanishi bilan mazkur qabila o‘rniga hukmdor huzuridagi nufuzli shaxslarni birlashtirgan Kengash – Parishad vujudga keldi.Roja davlat mulkining va birinchi navbatda yerning oliy boshqaruvchisi va shoh boshqaruv mahkamasiga rahbarlik qilgan. U adolat va tartib himoyachisi, ham bosh hakam bo‘lib, aybdorlarni shaxsan jazolagan. Vedalar davrida rojalarning alohida mavqei tufayli davlat hokimiyati muqaddas deb hisoblangan.
Qadimgi hind dostonlarining guvohlik berishicha, hukmdor davlat tizimida mansabdor qarindoshlarining yordamiga tayangan. Ularga janglarda qo‘lga kiritilgan harbiy o‘ljaning katta qismi tekkan. Shoh atrofida boshqa yaqinlari yig‘ilgan va davlat tuzumida bir necha doimiy lavozimlar paydo bo‘lgan. Saroy ruhoniysi – puroxit, harbiy qo‘mondon – senani, xazinachi – sangraxit, soliq yig‘uvchi – bagadukxa va boshqalar shular jumlasidan. Juda qadim zamondan ayg‘oqchilik xizmati tashkil topgan. Epos manbalariga ko‘ra arava va fillarda jang qilgan rajaniy yoki kshatriylar asosiy harbiy kuch hisoblangan. Davlat tuzilmalarini ta’minlash maqsadida soliq bali yig‘ilgan. Bu haqda “Rigveda”da ham aytiladi[7].
Vedalar davrida yashagan hindlar Gang vodiysining o‘rmon bilan qoplangan katta qismini o‘zlashtirganlar. Bu jarayon uzoq davom etgan. Hind-oriy qabilalari yerli xalq bilan aralashib, mahalliy hayot tarzi va xo‘jalik faoliyatiga ko‘nika boshladilar.Temir qazib olish va qayta ishlash o‘sha davrning asosiy yutuqlari sifatida xo‘jalik hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Gang vohasining g‘arbiy tumanlarida olib borilgan qazish ishlari odamlar o‘sha davrda temirdan foydalanganligidan dalolat beradi. Masalan, 130 ga yaqin turli temir buyum-kamon uchi, nayza, bolta, pichoq, igna va shu kabi ashyolar topilgan. Qadimgi hindlar garpun, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurilish ashyolari – mix kesgich, qisqich, qishloq xo‘jaligi buyumlari – o‘roq, bolta, zeb ziynatlar yasashgan.Nisbatan mukammal ishlangan mehnat qurollari yangi yerlar ochishda qo‘l kelgan. Arpa, sholi, bug‘doy, suli, boshoqli donlar ekilgan. Arpaning qora, tezpishar va boshqa navlari haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek paxta ham yetishtirilgan. Manbalarda ayrim mevalarning nomini uchratish mumkin. Yerlar omoch yordamida haydalgan. Sun’iy sug‘orish mavjud bo‘lgan. “Rigveda”da charxpalak – “chakra” haqida ma’lumot berilgan. Qoramol, birinchi navbatda sigir qadimgi hindlarning asosiy boyligi bo‘lgan.

Yüklə 188 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin