6-Topshiriq



Yüklə 188 Kb.
səhifə1/15
tarix18.05.2023
ölçüsü188 Kb.
#116512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
6-Topshiriq mavzu Qadimgi Hindiston


6-Topshiriq
MAVZU:Qadimgi Hindiston.
1.Qadimgi Hind shaharlari Moxenj-Daro va Xarappa haqida ma’lumot bering.
2.Hind-yevropaliklarni Hindistonga kirib kelishi sabablarini ko’rsatib bering.  
3.Hindistonda Hnduizm va Buddizm dinlarining rivojlanishi.va tarqalishi haqida mo’lumot bering.
4.Hindistonda Beda davri haqida ma’lumot bering.
5.Mavriya davlati bilan bog’liq muhum sanalarni aniqlang.
Reja:
1.Er.avv. III-II ming yilliklarda Hindistonning geografik joylashishi, tabiiy shart-sharoiti
2.Qadimgi Hindiston tarixini davrlashtirilishi va manbalari.
3. Qadimgi Hind sivilizatsiyasi.
4.Hind yevropaliklar Hindistonda
5.Hinduzm va Buddizm dinlarini rivojlanishi.
6.Hindistondagi birinchi imperiya.
Er.avv. III-II ming yilliklarda Hindistonning geografik joylashishi, tabiiy shart-sharoiti.
Hindistonning bepoyon hududi, iqlim sharoitlari, relyefi, joyi va tuprog'i jihatdan bir necha zonaga bo'linadi. Shimoliy-g'arbiy viloyatlar qadimda qalin o'rmonlar bilan qoplangan. Hind vodiysining tuprog'i juda hosildor. Shu yerda eramizdan avalgi III ming yillikda janubiy Osiyoda eng qadimgi shahar sivilizatsiyasi shakllandi. Hindiston shimoldan va shimoliy-sharqdan Osiyoning boshqa qismidan Himolay tog'lari bilan ajratilgan. Err. av. II ming yillikda bu yerdan hind-yevropa qabilalari yo'li o'tgan. Hind-gang tekisligining markaziy qismi qadimda «oriy» laming «muqaddas yeri» (Ai''yavarta) deb atalgan. Ikki buyuk daryoning
oralig'ida va Gangning yuqori qismida er. av. I ming yillikning birinchi yarmida veda sivilizatsiyasi shakllandi. Gang daryosining shimoliy-sharqiy havzasida namlik darajasi juda yuqori va boy tropik o'simliklarga ega.
Er. av. I ming yillik o'rtalarida bu hududda keng miqyosda dehqonchilik ishlari boshlanadi. Er. av. I ming yillikning ikkinchi yarmida bu yerda Qadimgi Hindistonning eng muhim siyosiy va madaniy markazlari vujudga keldi. Hind-gang tekisligining Dekan (qadimgi hind tilida «Danishna » — janub) yarim orolidan yassi tog'lar ajratib turadi. Dekan yarim orolida faqat eramizning boshlarida yirik davlatlar paydo bo'ldi. Groining markaziy qismida Shri-Lanka (Seylon) o'rmonli tog'lik hudud.
Groining geografik o'rnini janubiy Hindiston qirg'og'i bilan muntazam aloqalar shartlab keladi. Janubiy Osiyoning hozirgi aholisining katta qismi asosiy yevropoid irqiga mansub. Faqat yarim orolning janubiy qismi va Shri- Lankaning aholisi irqiy belgilariga qarab (badani, sochining qora rangi va boshqalar) avstroloidlarga yaqin turadi. Shimoliy sharqning qator qabilalari janubiy mongoloid irqiga mansub. Shimolda hind-yevropa tillari (hind, bengal va boshqalar), janubda dravid (masalan, tamil.) Dekan va shimoliy-sharqiy Hindistonning qator tillari janubiy-sharqiy Osiyo, Tibetda va Xitoyda tibet-birma va mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lanka aholisining ko'pchilik qismi hind-yevropa (singal) tilida ozchilik qismi dravid (tamil) tilida so'zlashadi. Ma'lumki, hind-yevropa tillarida so'zlashuvchi oriylar Hindistonga er.av. II ming yillikda kirib kelganlar. Singallar materikdan Shri-Lankada er.av. I ming yillikda paydo bo'lganlar.

Yüklə 188 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin