Qadimgi Hind sivilizatsiyasi. Janubiy Osiyoda eng qadimgi bo'lgan hind sivilizatsiyasi Hind daryosi vodiysida (hozir asosan Pokiston hududi taxminan er. av. XXII-XVI asrlar) paydo bo'lib, qadimgi Sharq silizatsiyalaridan paydo bo'lishiga ko'ra uchinchi hisoblanadi.
Hind daryosining g'arbida neolit davrida er. av. VII-VI ming yilliklarda aholi dehqonchilik bilan shug'ullana boshlaydi. Vodiyda paxsa uyli kichik qo'rg'onlar paydo bo'ladi. Dastlabki ikki shahar markazi Moxenjo-Daro va Xarappa, keyinchalik Chanxo-Daro va Kalibangan qazib ochiladi. Hozirgi vaqtda Hind vodiysi havzasida Hind sivilizatsiyashang bir necha yuz qo'rg'onlari ochilgan. Moxenjo-Daro, Xarappa va Kalibangan shaharlari qurilishi ikki qismli rejaga ega. Shaharning bir qismi sun'iy tepalikda qurilib devor bilan o'ralgan. Bu ma'muriy-diniy inshootlar deb taxmin qilinadi. Moxenjo-Daro qal'asida topilgan katta inshoot yoki hokim qarorgohi bo'lgan. Uning yaqinida diniy marosimlar uchun xizmat qiladigan basseyn topilgan.
Xarappa qal'asida ulkan g'alla ombori qurilgan. Moxenjo-Daro bir necha o'n ming kishi yashaydigan 2 kv. km. maydondan iborat. To'g'ri ko'chalar o'n metrgacha kenglikda qurilgan. Uylar 2 qavatli, kanalizatsiyaga ega. Shahar hunarmandchiligi to'g'risida aniq tasavur hosil qilish mumkin. Kulolchilik, to'qimachilik yuqori darajada rivojlangan. Haykalchalar kichik hajmda, hokim-kohin, yalang'och ayolning (raqqosa deb taxmin qilinadi), jez haykalchalari topilgan. Ikki to'g'ri burchakli muhrlar topilib, ularning ko'pchiligida mifologik manzaralar tasviri tushirilgan. Bu yerda topilgan boshqa muhrlarga o'xshash buyumlar Hir.d vodiysidan uzoq bo'lgan Baxreyn orollari, Mesopotamiyadan, Eron va Turkmanistondan topilgan. Bu Moxenjo-Daro va Xarappaning qadimgi Sharq sivilizatsiyalari bilan keng aloqada bo'lganidan dalolat beradi. Moddiy madaniyat va san'at yodgorliklari asosida, Hind vodiysi aholisining diniy tasavurlari to'g'risida tushuncha hosil qilish mumkin.
Muhrlardagi tasvirlar bu yerda yashagan aholining daraxtlar, hayvonlar, osmon jismlariga e'tiqod qilganidan guvohlik beradi. Ona ma'buda haykalchasi dinning dehqonchilik xususiyatini ko'rsatadi. To'rt hayvon qurshovida log holatida turgan erkak ma'bud dunyoning to'rt tomonini hukmdori deb qaraladi. Er. av. XVIII asr oxirida Xarappa madaniyati tushkunlikka tushib, sekin-asta halok bo'ladi. Hind sivilizatsiyasining siyosiy va ijtimoiy tizimi to'g'risida faqat umumiy tasavur qilish mumkin. Qal'a va shahar rejasi davlat hokimiyati mavjudligidan darak beradi. G'alla ombori va ishchilar uchun xonalar mavjudligi bu hududni aynan Mesopotamiyadagi mavjud ibodatxona, davlat xo'jaligi bilan o'xshashligini ko'rsatadi. Ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi, shaharlar va yozuvning mavjudligi, uy-joy inshootlari hajmlarining katta-kichikligi aholi o'rtasida ijtimoiy tengsizlikni mavjudligidan darak beradi[2].