6-Topshiriq


Qadimgi Hindiston tarixini davrlashtirilishi, manbalari



Yüklə 188 Kb.
səhifə2/15
tarix18.05.2023
ölçüsü188 Kb.
#116512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
6-Topshiriq mavzu Qadimgi Hindiston

Qadimgi Hindiston tarixini davrlashtirilishi, manbalari.
Janubiy Osiyning qadimgi tarixi quyidagi davrlarga bo'linadi:
1. Eng qadimgi hind sivilizatsiyasi taxminan er. av. XXIII-XVIII asrlar bilan belgilanadi. (ilk shaharlar, davlatlarning paydo bo'lishi)
2. Er. av. II ming yillikning ikkinchi yarmida oriylarning paydo bo'lishi. Er. av. II ming yillikning oxiridan er.av. VII asrgacha «Veda» davri. Bu davrda yaratilgan muqaddas kitoblar «vedalar» nomi bilan mashhur.
3. «Budda davri». Er. av. VI-III asrlar. Budda dinining paydo bo'lishi va tarqalishi davri. Bu davrda iqtisodiyotning yuqori taraqqiyoti, shaharlarni shakllanishi-yirik davlatlar Mauriylar Umum Hind davlatining tashkil topishi.
4. Er. av. II asrdan eramizning V asrigacha . «Klassik davr» janubiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab- yashnagan davri.
Janubiy Osiyoga xos jihat taraqqiyotning merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va o'rta asrlarda bu yerda keskin etnik o'zgarishlar yuz bermadi. Ijtimoiy munosabatlarda kasta tuzumi va madaniy an'analarning barqarorligi ko'rinib turadi. Qadimgi Hindistonning ko'pgina asarlari hozirgacha hinduizm va buddizmning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar bizgacha juda ko'plab yetib kelgan. Sanskrit tilini o'rganish qadimgi til grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga (er. av. IV asr) asoslanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni o'rganish uchun asosiy manba bo'lib, diniy-axloqiy majburiyat-draxmalar («Manu qonunlari») siyosat san'ati to'g'risidagi (Artxashastra), muhabbat to'g'risidagi (Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu manbalarda fikrlar sxolastik, an'anaviy rahda bayon qilingan, shu bilan birga bu asarlar qachon va qayerda tuzilganligini aniqlash mumkin emas. Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga olinadi. U ko'p hollarda yarim afsonaviy kissalarda aks etadi[1].
Yilnomalar eramizning I asrlarida Seylondagi budda monastirlarida tuzilgan va boshqa asosan budda ta'limotiga oid siyosiy-xo'jalik hujjatlari bo'lgan. Davlat va xususiy arxivlar yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po'stloq yoki mato parchasi kabi mo'rt asosda
yozilgani uchun saqlanmagan. Bizgacha faqat eramizdan avalgi III—II ming yilliklarga oid o'qish qiyin bo'lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (er. av. Ill asr) yozuvlarigina yetib kelgan.
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog'och ishlatilgan. Tosh va bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo'lgan. Yana shuningdek, Hind qadimiy obidalarini o'rganish asoan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjo Daro, Xarappa katta maydonlarda qazib ochilgan. Tarixnavislik Janubiy Osiyo tarixini o'rganish XVII oxiridan aniqrog'i, 1784-yil Kalkuttada sharqshunoslarning birlashmasi Osiyo jamiyatiga asos solinishidan boshlandi. XVIII asr oxirida Sanskrit adabiyotining yodgorliklari: «Manu qonunlari», Kalidasining «Shakuntali » dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilindi. Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX asrning birinchi yarmida Sanskrit tilining qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan qarindoshligi nazariyasi ilmiy asoslandi. XIX asrning o'rtalarida va ikkinchi yarmida hind adabiyotning yodgorliklari asosan vedalarni tarjima qilish va chop qilish yuzasidan muhim ishlar qilindi. Jumladan, Sharqning muqaddas kitoblari 50 tomli (Oksford universitetida Maks Myuller asos solgan) seriya, ko'p tomli Sanskrit lug'atlari paydo bo'ldi. XIX asrning oxirida T.Ris, Devids pali tilidagi matnlarini
o'rganish va chop etish jamiyatini tashkil etdilar.
XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda arxeologik qazishlar boshlandi. Asrimizning 20—30-yillarida janubiy Osiyoning eng qadimgi hind sivilizatsiyasi ochildi. XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy konsepsiyasida yevrosentrizm an'anasi kuchli edi. Qadimgi hind jamiyati turg'un, mustaqil taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind davlati teokratik va despotik, tafakkur chalg'itilgan va faqat diniy deb talqin qilindi.
Hindistonga makedoniyalik Iskandarning yurishini siyosiy ahamiyati bo'rttirib ko'rsatildi. Hind madaniyatining muhim yutuqlari (epik asarlar, poeziya, teatr) yunonlardan o'zlashtirilgan deb ko'rsatildi. Faqat XX asrning birinchi yarmida hind milliy tarixnavisligining juda katta tadqiqotlari bunday qarashlarning asossizligini ko'rsatdi. Hind milliy tarixnavisligi manbalarda ko'p hollarda yetarlicha tanqidiy tahlil etilmaydi. Qadimgi tarix ma'lum darajada modernizatsiya qilindi.

Yüklə 188 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin