6-Topshiriq


Yangi ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatni yuzaga kelishi



Yüklə 188 Kb.
səhifə6/15
tarix18.05.2023
ölçüsü188 Kb.
#116512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
6-Topshiriq mavzu Qadimgi Hindiston

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatni yuzaga kelishi.
Er. av. II ming yillikning oxiri I ming yillik boshlarida Shimoliy Hindiston tarixining asosiy manbalari «vedalar» Hind diniy adabiyotining eng qadimgi yodgorliklaridir. Vedalar madhiyalar, qo'shiqlar, qurbonlik aytishlari, muqaddas marosimni tushuntiradigan keng asarlardan iborat to'plamlardir. Til, din va mifologiya bo'yicha ular «Avesto» bilan o'xshashdir. «Avesto» vedalari tadqiqotchilarning fikricha «Oriy (ariya-so'zidan «oliyjanob ») qabilalari tomonidan tuzilgan. Tuzilish bo'yicha «vedalar» ilk veda (er. av. I ming yillik boshlari) va so'nggi veda (er. av. IX—VII asrlar) davrlariga bo'linadi.
«Rigveda» (hind-oriylarning vedalarini eng qadimgi qismi)da uchraydigan geografik nomlarga ko'ra, u Panjobda tuzilgan so'nggi veda matnlari shakllangan paytda oriy qabilalari hindgang tekisligining butun markaziy qismiga tarqalgan edi. «Rigveda » yaratilgan davrida oriylarda sinfiy jamiyat va davlat hali shakllanmagan edi. Iqtisodiyotda yirik qoramolchilikka asoslangan chorvachilik rivojlangan, dehqonchilikka e'tibor berilmagan. Oriylar mis va jezdan foydalanganlar, uy-joyni qamish va loydan qurganlar[4].
Gang daryosini yuqori qismi, Gang va Jamna o'rtasiciagi yerlar «Mahabxarat» epik asarining sujetini tashkil qiladi. Ijtimoiy tashkilot qabila bo'lgan, qabila boshlig'i roja-harbiy boshliq va yo'lboshchi sifatida o'z qarindoshi va xizmatkorlariga tayangan. Qabila uch tabaqa: kohinlar, harbiylar va oddiy jamoachilarga bo'lingan. Muhim masalalar yig'ilishda hal qilingan. Vedalarda ko'rsatilgan qo'shnilar bilan podalarni haydab ketish mumkm urushlar oddiy hal bo'lgan. Veda tilida «urush» (gavishta) so'zida«sigirlarni bosib olish» ma'nosini bildiradi. Ilk veda davrida qulchilik mavjud bo'lgan. Qadimda hindcha «dasa» qulni bildirgan so'z ko'pgina veda madhiyalarida uchraydi. Asrlar qulga aylantirilgan. Qul erkaklar veda va dostonlarda kam tilga olinadi, ayol qullar to'g'risida ko'p so'zlanadi. So'nggi veda davrida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy tuzumda keskin o'zgarishlar yuz bergan. Dehqonchilik rivojlanib, hind-gang vodiysida keng dalalar o'zlashtiriladi, daraxtning qattiq yog'ochidan omoch yasay boshlanadi. Eshaklar asosiy yuk tortish vazifasini o'tagan. Sutlik ovqat kundalik yemish bo'lgan. Bayramlarda
chorva mollari mo'I-ko'l qurbonlik qilingan.
Temirdan faqat kamon o'qi, nayza uchlari tayyorlangan, uylar yog'och va bambukdan qurilgan, «Rigveda» (hind-yevropaliklarning mashhur kitobi) davrida harbiy yo'lboshchilar aravalarda jang qilganlar. Mahabxaratda yengil jang aravalari to'g'risida eslatiladi. Jang aravalarida poygalar o'tkazilgan. Diniy va epik asarlarda aholining asosiy qismi to'g'risida ma'lumotlar juda kam. Erkin va to'la huquqli dehqonlar jamoani tashkil qilib bir yoki bir necha qishloqda yashaganlar. Jamoatchilar qo'shni va qonqarindosh aloqalar asosida birlashganlar. Eng muhim masalalar urug' yig'inlarida hal qilinib, yig'ilishib, butun jamoa nomidan asosiy marosimlar bajarilgan.
Qishloq aholisining bir qismi to'la huquqli bo'lmagan. Ular boshqa joydan ko'chib kelgan . kishilar bo'lgan. To'la huquqli bo'lmaganlar xizmat ko'rsatadigan sohalar, jumladan, hunarmandchilik bilan shug'ullanganlar. Qishloqda keskin mulkiy tabaqalanishga jamoa ichki aloqalarining o'ta mustahkamligi qarshilik ko'rsatgan edi. So'nggi veda davrida o'z-o'zini boshqarish qishloq jamoasi bilan cheklanib qoladi. Qabila va qabilalararo munosabatlardagi barcha masalalar hokim va yo'lboshchilar vakolatiga kiradi.
Er. av. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida Shimoliy Hindistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti jamiyatning «kohinlar», qabila harbiy zodagonlari, kshatriylar to'la huquqli xalq, vayshi jamoani pastki to'la huquqli bo'lmagan aholi qismi shudra (qullar) kabi to'rt qatlamini vujudga keltiradi. Har bir qatlam epik toifalar — varna (so'zma-so'z nav)ga aylanadi. Наг bir varna vakilining merosiy mavqei ularning mashg'uloti va diniy majburiyatlarini belgilagan. Kohinlik va o'qituvchilik majburiyati braxmanlarga, jang qilish va boshqarish kshatriylarga mehnat qilish, shudralarga uch oliy varnalarga so'zsiz xizmat qilish majburiyati yuklatilgan. Bu toifaviy mavqe merosiy bo'lib o'tgan. Har bir varna o'z huquqi, o'z ovqati, kiyimi, uy anjomi, kiyimini kangi va boshqalar qat'iy belgilangan edi. Braxmanlar turli varnalar ilk odam Purushi jismini turli qismi (braxmanlar og'zidan, kshatriylar qo'lidan, vayshhilar sonidan, shudralar tovonidan)dan yaratilgan deb o'qitar edilar.

Vedalar jamiyatida mulkiy tensizlik bo‘lgan. Katta chorva egasi bo‘lgan badavlat shaxslar bilan birga kambag‘allar ko‘p edi. Chorvaning kimga tegishliligini bildirish maqsadida unga tamg‘a bosishgan. O‘ziga to‘q odamlar katta-katta xayr–ehson qilar, oddiy fuqarolar esa ozroq sadaqa berish bilan kifoyalanardilar. Ishlovga yaroqli yerlar xususiy kishilarga berilar, bu o‘z navbatida mulkiy va ijtimoiy tensizlikka olib kelardi. Ayrim odamlar va qabilalar o‘rtasida yerga vorislik xususida mojarolar kelib chiqqan. Jamoaning ayrim a’zolari asta-sekin boyib, imtiyozli kishilarga aylanganlar. Mulkiy va ijtimoiy tensizlikning yorqin ifodasi quldorning paydo bo‘lishi edi. Eng avvalo harbiy asirlar (“dasa”) qulga aylantirildi. Ilgarilari dushmanlar «dasyu» yoki «dasa» deb atalgan. Keyinchalik jamoaning ozod a’zolari ham qullik asoratiga tusha boshladilar. Rigveda davridagi quldorlik quldorlikning dastlabki ko‘rinishlaridan edi. Chunki veda jamiyati urug‘-qabilachilik darajasida bo‘lgan. Ilk veda davri urug‘-qabilachilik bosqichini boshidan kechirgan bo‘lsa, uning so‘nggi davrida sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘ldi. Veda qabilalari gana, ya’ni urug‘ qabila jamoasi, so‘ng sinfiy tusga ega bo‘lgan uyushma tarzida umr kechirganlar. Rigveda madhiyalarida bir vaqtlar hind-oriylar yagona va jips jamoa bo‘lib yashab, birgalikda mehnat qilganlari, xudo yo‘lida hayru-ehson berganlari to‘g‘risida rivoyatlar bor. Ganalarni ganapati boshqargan. Gana yig‘inlarida ayollar ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmaganlar. Ularning umuman biron bir siyosiy huquqlari yo‘q edi. Ichki idora ishlari qabila jamoalarining teng huquqli a’zolari yig‘ini – vidadxa, sabxa yoki samitida hal etilgan.


Vidatxa eng qo‘hna tizimlardan biri bo‘lib, qabila oqsoqollari yig‘ilishi bo‘lib, samitidan farqli o‘laroq, unda asosan siyosiy ishlar ko‘rilgan. Samitida sabhadan ko‘ra ko‘proq odam ishtirok etganligi xususida farazlar bor.
Jamiyat katta patriarxal oilalardan tashkil topgan. Urug‘chilik aloqalari hali kuchli va hayotning barcha jabhalarida urug‘ (gotra) ning ta’siri sezilib turardi. Qishloq (gramma) ham boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Asta-sekin qabila jamoalari tabaqalarga bo‘linib, qabila boshliqlari qabila hokimlariga aylanadilar. Ilk veda matnlariga ko‘ra, avval hokim – roja tomonidan saylangan. Hokimning asosiy vazifasi halqni himoya qilish edi. Davlatning paydo bo‘lishi davomli jarayon bo‘lganligi sababli, eski siyosiy tizim qoldiqlari ancha davrgacha saqlanib qolgan[5].
Hokim tayinlanishida sabha va samita hali ham muhim o‘rin tutgan. Asta-sekin ular qabila yig‘inidan podishoning yaqinlari, zodagonlar majlisiga aylandi. Podsho hokimiyati kuchaygan sari sabha bilan samitaning roli kamaya bordi. Davlat hokimiyati tizimlari, doimiy davlat lavozimlari paydo bo‘ldi. Xalqqa soliq solindi. Ilgari qabila boshlig‘i hohishiga qarab beriladigan sovg‘a-hadyalar yoki xudolarga atalgan qurbonliklar endi podsho amaldorlariga majburan to‘lanadigan soliq-boj tusini oldi. Qabila askarlari esa asta-sekin sena yoki senanati rahbarligidagi muntazam qo‘shinga aylandi. Urush chog‘i podsho va askarlar (kashatri) yengil aravada, erkin jamoa a’zolari esa piyoda jang qilar edilar.
Vedalar davrida podsho muqaddas hisoblanib va uning shaxsi ilohiylashtirilganligi sababli, uni saylash marosimiga (rajasuya) alohida e’tibor berilgan. Podsho kohini (muroxita) tobora muhim ahamiyat kasb eta bordi. U bir vaqtning o‘zida podshoning munajjimi va maslahatchisi hisoblangan. Asta-sekin hukmdor saylash tizimi o‘rniga voris tayinlash yo‘liga o‘tildi. Bunda hokimiyat otadan o‘g‘ilga qolar edi. Shunday qilib, ilk vedalar davrida ganalardan davlat tuzumi vujudga keldi va sharoitga ko‘ra bu davlatlar monarxiya yoki respublika shaklinioldi.
Kastaning ayrim alomatlari va kasta tuzumining ba’zi ko‘rinishlari ko‘plab halqlarda uchraydi. Hindiston kasta tizimini o‘zida mujassam etgan. «Kasta» iborasi portugal tilida «urug‘», «qavm», «sifat» ma’nosini anglatadi. Bu so‘z XVI asrda portugallar Hindistonga kirib kelib, mamlakat ijtimoiy tizimi bilan tanishganlaridan so‘ng Yevropa tillarida ham tarqaldi. Kasta tizimini faqat Hindiston uchun xos deb aytiladi. Buning sababi, kasta tuzumi aynan Hindistonda keng rivojlanib, uzoq vaqt mobaynida saqlanib qolgan. Hind jamiyatining bir-birlaridan ajralgan guruhlari shu nom bilan nomlana boshladi.
Hindistondagi bu toifa odamlari «jati» sanskrit atamasi bilan ifodalangan. Qadimgi hind jamiyatida jati bilan bir vaqtda sinfiy jamiyat vujudga kelishidan avval, so‘ng sinfiy jamiyatda qonunlashgan va mukammal qadimiy tizim–varna, ya’ni tabaqalar paydo bo‘ldi. Asta-sekin varnalar (braxman, kshatriy, vayshiy, shudralar) bir-biridan bo‘lak guruhlarga ajraldilar. Ular shakl jihatidan kastalarga o‘xshab ketsa ham, aslida kasta bilan varna o‘zaro tubdan farq qiladi. Kasta – bu qadimgi Hindiston aholisining mehnat turi, hunari yoki ixtisosi bo‘yicha ajralishi, varna esa-o‘sha jamiyat vakillarining to‘rt tabaqaga bo‘linishidir. Har bir kasta kishilari boshqa kastalardan ayri, alohida-alohida yashagan. Ular o‘rtasida har qanday munosabatlar yoki o‘zaro muloqot qilish butkul taqiqlangan. Bir kasta bilan ikkinchi kasta orasida qarindoshlik aloqalari o‘rnatish ham qat’iyan man qilingan. Varna so‘zining asosiy ma’nosi - «tur», «rang», «sifat», «daraja». Bu so‘z qadimgi Hindistonda ana shu so‘nggi ma’nosida ko‘proq ishlatilgan. Ingliz olimi Beshem, har bir varna muayyan ranga to‘g‘ri kelib: braxman-oq, kshatriy-qizil, vayshiy-sariq va shudra-qorarangni bildirar ekan, degan xulosaga keldi.
Veda rivoyatlarida to‘rt varna dastlabki odam-Purushadan kelib chiqqan deyiladi. “Purushasakta” madhiyasida hikoya qilinishicha, braxmanlar Purushaning og‘zidan, kshatriylar qo‘lidan, vayshilar sonidan, shudralar oyog‘idan paydo bo‘lgan emish. Olimlar varnalar kelib chiqishini ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozi bilan bog‘lashadi.
Shudralar tabaqasining vujudga kelishi bir muncha murakkab jarayon. Bunga ikki narsa: iqtisodiy mustaqillikdan mahrum bo‘lgan fuqarolar va oriylar jamoasidan badarg‘a qilingan a’zolarning ko‘payishi sabab bo‘ldi. Ushbu shaxslar to‘rtinchi varnani tashkil qildilar. Ammo varna faqat qabiladoshlar emas, balki begonalar hisobiga ham ko‘paydi. To‘rtta varna tuzumi bir vaqtning o‘zida shimoliy Hindistoning ko‘p yerida rivojlanib bordi.
Qadimgi halqlarda jamiyatning ba’zi a’zolarining boshqalaridan ustunligi oliynasablik ko‘rsatkichi deb qabul qilinib, diniy qobiq bilan o‘ralgan. Braxmanlar eng oliy varna hisoblangan. Faqat ular diniy marosimlar o‘tkazish huquqiga ega bo‘lganlar. Saroy kohini-muroxita davlat boshlig‘iga ta’sir o‘tkaza olgan.
Kshatriylar braxmanlarga nisbatan quyi tabaqa vakili bo‘lishiga qaramay, ularning jamiyatdagi mavqei baland edi. Davlat, harbiy kuch, moddiy boyliklar asosan kshatriylar qo‘lida bo‘lgan. Braxmanlar adabiyotida bunday zodagonlarni turlicha: roja, rojaputra kabi nomlaganlar.
Jamiyatning asosiy qismini vayshiylar, ya’ni chorvador va dehqonlar tashkil qilgan. Ular braxman va kshatriylarni moddiy boyliklar bilan ta’minlab turishgan. Ular soliq to‘lovchi toifa vakillari bo‘lishiga qaramay, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lib, yerga egalik qilish huquqiga ega edilar. Ular davlat apparatida muhim rol o‘ynar, shu bilan birga piyoda askarlarning asosiy qismini tashkil qilardilar. Vayshiylar vedalar davrida katta obro‘ga ega bo‘lib, ammo o‘sha vaqtdayoq ular orasida mulkiy bo‘linish kuzatilgan.
Dastlabki uch varna vakillari – braxman, kshatriy va vayshiylar «ikki marta tug‘ilganlar» toifasiga kirganlar. Shudralar bu nomdan mahrum edi. Yuqoridagi uch varnaga mansub odamlar balog‘at yoshida «ikkinchi tug‘ilish» marosimini o‘tkazganlar. Marosimning asosiy qismida voyaga yetgan bolaning bo‘yniga bog‘ich taqilgan. Har bir varna a’zosining bog‘ichi turli matodan yasalgan. «Ikkini bor tug‘ilgan» ning hayoti to‘rt ajrim-bog‘ichdan iborat bo‘lgan. Birinchisida u braxmacharin – shogird, ikkinchisida – grixasta – uy egasi, uchinchisida – vananrastxa – o‘rmon zohidi, to‘rtinchisida – san’yami yoki ati, ya’ni tarki dunyo qilgan zohid bo‘lgan. Keyinroq pul olib o‘qitadigan ustozlar ham paydo bo‘lgan. Hayotining ikkinchi qismida uylanib uy egasi bo‘lgach, u oilasini boqish va xudoga bag‘ishlab o‘tkaziladigan rasm-rusumlarni ado etishi kerak edi. U qarib, nevarali bo‘lganidan so‘ng, uyni tark etib, o‘rmonga ketishi va u yerda yolg‘izlikda qadimgi vedalarni o‘rganishi, hayotning to‘rtinchi qismida hayoti tugayotganini his qilib dunyodan ko‘z yumishi kerak bo‘lgan. Shudralar «ikkinchi bor tug‘ilganlari» bilan birga ovqatlanishi taqiqlangan. Shudralar «bir marta tug‘ilgan», ya’ni past tabaqa deb qaralardi. Ularga diniy marosimlarda ishtirok etish, muqaddas kitoblarni o‘rganish man qilingan. Shudralar davlat boshqaruvida ishtirok eta olmagan. Ularning qismati «ikki marta tug‘ilganlar» ga xizmat qilishdan iborat edi. Shudralarga nisbatan bu munosabatdan ular og‘ir ijtimoiy sharoitda va iqtisodiy nomustaqil bo‘lgani ayon. Shudralar odatda kambag‘al, quyi darajali kosiblar, xizmatkorlar bo‘lgan. Shudralar qul bo‘lmasalar-da, ular vaqt taqozasi bilan qullikka tushib qolishi mumkin edi.
Shunday qilib, ibtidoiy jamoa tuzumining buzilishi tabaqalar kelib chiqishiga olib keldi. Hindiston shimolining katta qismi sinfiy munosabatlari shakllangan qabilalar tomonidan Gang vodiysi o‘zlashtirilayotgan va ular o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davrida ro‘y berdi.

Yüklə 188 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin