70. Tarmoqlararo va tarmoq ichidagi raqobat. Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash.Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo'lish, qo'shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari ortasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan taminlanish va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo'lgan korxonalar borligi sababli ularda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo'lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, ortacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi. Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori boMgan korxonalar qoshimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, ozlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo'qotadilar va zarar koradilar. Tarmoqlararo raqobat turli tarmoq korxonalari ortasida eng yuqori foyda meyorini olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda me'yori kam bo'lgan tarmoqlardan foyda me'yori yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib otishiga sabab bo'ladi. Yangi kapitallar koproq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif kopayishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda meyori ham pasayadi.
Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi ozgaradi, tovarlarga bo'lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar kotariladi, shu bilan birga foyda meyori oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qati nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni taminlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda meyorlarini o'rtacha foyda meyoriga «baravarlashtiradi».Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g'irrom va halol raqobatlashuv usullari ham ajratib korsatiladi. Raqobatlashuvning noananaviy, jamiyat tomonidan etirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (yani jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obrosiga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g'irrom raqobat deb yuritiladi. G'irrom raqobat orqali firmalar oz raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank hamda resurslarni yetkazib beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni ogdirib olish, narxni keskin pasaytirish g'irrom raqobatning oddiy usullaridir. Halol raqobat raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo'llash, ozining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo'llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Shu orinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham korsatib o'tish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, kozboyamachilik kabi salbiy holatlarga barham beradi;
qarindosh-urugchilikni, oshna-ogaynigarchilikni, tanish-bilishlikni, mamuriy-buyruqbozlikni tan olmaydi.