72. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari hamda ularning hal etilishi.
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi:
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish zarur?
2) ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi?
3) bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - « nima, qanday qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur? » tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davoniida mavjud bo’lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovami sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib olishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalaming kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo’lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini bclgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning « muvozanatli » hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O’z-o’zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 0‘z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul tolash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o4ziga xos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:
resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;
har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash.
Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- dorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |