71. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va uning tarkibi. har bir davlat boshqa davlatlar bilan mahsulot ayirboshlashni yo’lga qo’ymasdan turib, iqtisodiy faoliyat yurita olmaydi. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojla-nishi xalqaro savdo munosabatlarini keltirib chiqardi. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi, bir tomondan, ishlab chiqa-rish hajmini kengayishga olib kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mamlakatlararo xo’jalik aloqalarining yanada chuqurlashuviga imkon tug’dirdi. Bu, o’z navbatida, yoqilg’i, turli xildagi xom ashyolarga, mashina, asbob-uskunalarga bo’lgan talabni keskin oshirib, tashqi savdo-sotiqni rivojlantirish, mahsulotlar ayirboshlashni muhim ekanligini taqozo qiladi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishni zaruriyatga aylantiradi. Hozirgi sharoitda tashqi iqtisodiy munosabatlar yanada muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Fan-texnika taraqqiyoti iqtiso-diyotdagi strukturaviy o’zgarishlar rivojlangan mamlakatlarda yangi tarmoqlar, ishlab chiqarishlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu esa ba’zi xom ashyo turlari, yoqilg’i-energetika mahsulotlari importini ko’payishiga, mahsulotlar sotish bozorlarini milliy chegaralardan ko’ra kengaytirishga olib keldi Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti ikki muhim tarkibiy qismdan: xalqaro iqtisodiy munosabatlar va ularni amal-ga oshirish mexanizmidan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi har xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va sub’-ektlari, alohida tashkilotlar (transmilliy, ko’p millatli korpo-ratsiyalar) o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmiga huquqiy nor-malar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’lyo’riqlarni amalga oshirishni muvo-fiqlashtiruvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kiradi. Hozirgi zamon jahon xo’jaligining xususiyatlari:
globallashuv;
rivojlanishning birligi va qarama-qarshiligi;
raqobatning keskinlashuvi va ayni paytda global hamkorlik-ning
rivojlanishi;
ishlab chiqarish tarmoqlari dunyoning turli mamlakatlarida
joylashtirilgan xalqaro ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va bu jarayon
natijasida transmilliy korporatsiyalar roli(TMK) ning o’sib borishi;
davlatlar tashqi iqtisodiy faoliyatlarini liberallashuvi;
jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy hamkorlikning xalqaro huquqiyme’yoriy bazasini barpo etilishi;
mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning
millatlararo tizimini tashkil qilinishi;
aksariyat mamlakatlar milliy iqtisodiyotining yopiq tizimdan ochiq
tizimga o’tish evolyutsiyasi (bunda YaIM ulushi 35% dan oshishi kerak).
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga xos
xususiyatlar:
iqtisodiy o’sishning barqarorligi XX asrning 90-yillarida o’sish
sur’ati 1-3% bo’ldi;
iqtisodiy o’sishda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyatini oshishi;
moliya bozorlarini globallashuvi va milliy iqtisodiyotlar-ning o’zaro
uzviy bog’liqligini kuchayishi;
hududiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishi.
Hozirgi paytda XIM shakllari bir muncha kengaygan. Ularning
kengayishi, asosan, XX asrning 60-yillar boshidan 80-yillarning
o’rtalarigacha bo’lgan vaqt oralig’iga to’g’ri keladi. Shu bilan bir paytda
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida tarkib topgan XIMning ayrim shakllari
amal qilib kelayapti. Bu faoliyat tashqi savdo, chetga kapital chiqarish,
valyuta munosabatlariga tegishlidir. Hozirgi sharoitda XIMning quyidagi
asosiy shakllari vujudga keldi:
1. Xalqaro savdo
2. Xalqaro kredit munosabatlari
3. Xalqaro munosabatlar
4. Xalqaro kapital harakati
5. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi
6. Xalqaro integratsiya
7. Transmilliy korporatsiyalar
8. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
9. Xalqaro axborotlar almashinuvi
XIMning intensivlik darajasini bir necha miqdoriy indi-katorlar
bilan tavsiflash mumkin:
1. Eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga
nisbatan foizda hisoblanadi.
2. Import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga
10
nisbatan foizda hisoblanadi.
3. Tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo hajmi
aylanma mablag’i YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.
XIM rivojlanish jarayonida bir necha bosqichni bosib o’tgan va ularni
shartli ravishda quyidagicha ajratish mumkin:
qadimgi dunyodan V asrgacha bo’lgan muddat.
V asrdan XV-XVI asrlargacha – buyuk geografik kashfiyot davrigacha bo’lgan davr.
XV asrdan – XVI asrgacha - sanoat to’ntarishi davrigacha.
Sanoat to’ntarishi paytidan Birinchi Jahon urushining boshlanishigacha bo’lgan davr;
XX asrning birinchi yarmi;
XX asrning 60-yillaridan 90-yillarigacha;
XX asrning 90-yillaridan XIM va jahon xo’jaligining hozirgi
rivojlanish davri.