77. Yerga bo‘lgan mulkchilik va renta munosabatlari. ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq , shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydaklnaihs bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyoiladi. Yer rentasi orqali yerga mulkchilik huquqi ro’yobga chiqariladi. O’zbekistonda “Yer – Davlat mulki – umummmiliy boylik” bo’lganligi sababli yerga bo’lgan mulkchilik yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masallari alohida ajratib tahlil qilinadi. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasida tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujatlarida belgilangan tartibda egalik qilishni tan olishini bildiradi.
Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy koʻrinishlari mavjud.
Yer rentasi (nem. Rente — ortga qaytarilgan) — yer egasining oʻz yerini tabiiy resurs tarzida ijaraga taqsim etganligi uchun oladigan daromadi; bevosita qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning yer egalari tomonidan mulk egaligi huquqiga koʻra oʻzlashtiriladigan qismi. Q.x.da foydalaniladigan yer maydonlari tabiatan cheklanganligi sababli (inson yer resurslarini koʻpaytirishga qodir emas) barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinadi va yerga xoʻjalik obʼyekti sifatida monopoliya vujudga keladi. Natijada yer b-n bogʻliq renta munosabatlari paydo boʻladi.
Q.x.da yer egasi foydalanuvchilardan yerdan foydalanganlik uchun toʻlov oladi, yaʼni yer egasi (davlat, shirkat, xususiy shaxs) faqat yer egasi boʻlganligi uchun yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning bir qismini ijara haqi koʻrinishida oʻzlashtirib oladi. Davlat oladigan yer soligʻi, xususiy yer egalari yerdan foydalanganlik uchun undiradigantoʻlovlar Ye.r. hisoblanadi. Ye.r.ning , mas, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul soligʻi (mas, xiroj) kabi bir qancha tarixiy koʻrinishlari bor.
Hoz. davrda Ye.r.ning asosan, differensial renta va absolyut renta koʻrinishlari mavjud. Yer uchastkalarining tabiiy va iqtisodiy unumdorligi hamda joylashgan oʻrnidagi farqlar natijasida olinadigan qoʻshimcha sof daromad — differensial renta deyiladi (qarang Differensial renta). Koʻpgina mamlakatlarda sifatidan qatʼi nazar ekin ekiladigan yerning xususiy mulk boʻlishi uni ijarachilarga foydalanish uchun berishdan muqarrar suratda daromad keltiradi.
Yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga berishi va ulardan yerdan foydalanganlik uchun toʻlovlar olishi natijasida absolyut Ye.r.si vujudga keladi. Shuningdek, rentaning yana bir turi — monopol renta ham mavjud. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, baʼzan noyob qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday mahsulotlar monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori boʻlishi koʻpincha toʻlovga qodir talab darajasi b-n belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori boʻlishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkoniyatini beradi (yana. q. Renta).