7- ma’ruza: Kasbiy sohodagi ziddiyatlarning psixologik asoslari. Reja


O‘quv jarayonida ruhiy zo‘riqishlarni vujudga kelishini dastlabki asoslari



Yüklə 112,45 Kb.
səhifə6/7
tarix16.10.2023
ölçüsü112,45 Kb.
#156070
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu

O‘quv jarayonida ruhiy zo‘riqishlarni vujudga kelishini dastlabki asoslari.

Psixologik muhit guruh manfaatlarini qondirish, shaxslararo va guruh o‘rtasidagi nizolarni hal etishda amalga oshiriladigan muloqotda vujudga keladi va namoyon bo‘ladi. SHu bois ushbu munosabatlar farqli xususiyatga ega bo‘lib, ular ba’zan do‘stona, hamkorlik ko‘rinishda, musobaqa yoki raqobat, hamjihatlik yoki uyaltirish, qo‘pollik yoki ongli tartib-intizom tarzida ko‘zga tashlanadi. Psixologik adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta’lim oluvchilarning bir-biriga o‘zaro ta’siri ko‘pchilik hollarda to‘rtta asosiy ta’sir ko‘rsatish usuli orqali amalga oshiriladi: e’tiqod, taqlid, ta’sir, majburlash. Ta’kidlab o‘tilgan usullardan ham ma’lumki, pedagogik jamoada o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shakllarida ham ular o‘z aksini topishi tabiiy. CHunki ba’zi hollarda, o‘qituvchi tomonidan topshiriq va vazifalarni ta’lim oluvchilarning dunyoqarashiga mos kelish- kelmasligiga qarab berilishi nizoli holatlarni vujudga keltirishi tabiiy. Agar o‘qituvchi pedagogik jamaoda etarli mavqega ega bo‘lsa, bunday sharoitda beriladigan vazifa va topshiriqlarning bajarilish tartibi ta’sir ko‘rsatishning e’tiqod darajasini namoyon qilishi mumkin. Ishonch va nufuzning yo‘qolishi, yetkazilayotgan ma’lumotlarning to‘liq va aniqligi, muloqot jarayonida shubhaning paydo bo‘lishi va boshqalar ham jamoada aynan nizoli vaziyatlarning kechishiga zamin hozirlaydi.


Ruhiy zo‘riqish holatining fiziologik bеlgilaridan quyidagi: uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, yurakning tеz urishi, bel, oshqozon, yurakdagi og‘riqlar, siqilish holatlari yuzaga keladi.
Ruhiy zo‘riqish holatlarining psixologik bеlgilari: parishonxotirlik, xotira buzilishi, xavotirlanish, yig‘loqilik, ortiqcha xavotirlanish, sababsiz qo‘rquv, jizzakilikdan iborat. Bu o‘ziga ishonchni yo‘qotishga olib kеladi. Ta’lim olishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu sababdan ham ruhiy zo‘riqish holatini tezroq yo‘qotish kеrak.



Yüklə 112,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin