7- ma’ruza: Kasbiy sohodagi ziddiyatlarning psixologik asoslari. Reja



Yüklə 112,45 Kb.
səhifə5/7
tarix16.10.2023
ölçüsü112,45 Kb.
#156070
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu

Shaxsning ichki ziddiyatlari. Bu ko‘proq tashkilot idoralari xodimlarining yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida uchraydi. Vazifani hal etishda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakaning yetishmasligida va favqulodda holatlarda ko‘proq ish bilan mashg‘ul bo‘lishda namoyon bo‘ladi.
Guruh ichidagi ziddiyatlar. Bu jamoa a’zolarining manfaat va qiziqishlarining mos kelmasligi, vazifalarning teng taqsimlanmaganligi va o‘zaro bir-birlariga hurmatning yo‘qolishi oqibatida namoyon bo‘ladi. Oqibatda jamoaning har bir a’zosi boshqalari bilan chiqisha olmasligi, manfaatlar o‘rtasida to‘siqlar qo‘yishida yuz beradi.
Shaxslararo ziddiyatlar. Tashkilot jamoalarida rahbar bilan xodimlar, xodim bilan xodim o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarning vujudga kelishi oqibatida nizoning paydo bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. Shaxslararo ziddiyatlar ishchi muhitning yaxshi emasligi, boshliqning xodimlar bilan insoniy nuqtai nazaridan munosabat o‘rnatmasligi, xodimlarning individual qobiliyati va fazilatlarini inobatga olmasligi sababli ham yuz berishi kuzatiladi.
Agar tashkilot idoralari jamoalaridagi ziddiyatli holatlarni bir tizimga soladigan bo‘lsak, quyidagi ko‘rinishni oladi:



Jamoalaridagi ziddiyatlarni bartaraf etishda psixologik bilimlarning o‘rnini beqiyosdir. Bu xususda keyingi paragrafda batafsil to‘xtalsak-da, ammo shu o‘rinda ayrim tavsiyalarni ham keltirib o‘tamiz.


Guruh ichidagi va guruhlararo munosabatlarda ziddiyatlarni bartaraf etish, barqaror muhitni yaratish nizolarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun jamoa boshliqlari quyidagi holatlarni inobatga olishlari maqsadga muvofiq:
• xodimlarni to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish;
• mehnatni to‘g‘ri tashkil etish;
• boshliq bilan xodim o‘rtasidagi munosabat xususiyatlarini farqlay olish;
• jamoaning har bir a’zosining burch va majburiyatlarini yaxshi bilishi;
• ishda qat’iy intizomni yaratish;
• har xil salbiy psixologik hodisalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik (mish-mish, g‘iybat, anonim holatlar).
Har qanday kasbiy faoliyat kundalik muomala jarayonidan iborat.
Tashkilot idoralari xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar rasmiy-ma’muriy qurilganligi bois nizoli vaziyatlar uchun shart-sharoitning namoyon bo‘lishi anchagina qulaydir. Berilgan buyruqni bajarish, boshliq bilan munosabatda nizoli holatlarning oldini olishga shay turish, jazolashning murakkab ko‘rinish olishi xodimlarda ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Agar tashkilot idoralarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘rtasidagi munosabat ma’muriy ko‘rinish bilan hamkorlikda ishlash ko‘rinishini olgan sharoitlarda rahbar bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlarda subordinatsiya saqlangan taqdirda ham o‘zaro hurmat tamoyiliga asoslansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshliq-xodim, xodim-boshliq, xodim-xodim munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish nizoli holatlarning oldini olish va bartaraf etishning asosiy shartlaridan biri sanaladi. Bu esa munosabat ishtirokchilaridan odamlar bilan muomalaga kirishish malakasini talab etadi. Psixologiyada shaxslararo munosabat o‘rnatish texnologiyasi yetarlicha ishlangan bo‘lib, bu borada xodimlar ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak, Xorijiy psixologik tajribalar nizoli vaziyatlarni hal etishda emotsional ko‘rinishdagi shartsharoitlarni yaratish kerakligini uqtiradi.
Tashkilot idoralari jamoasida boshliqdan shaxsning individual xususiyatlarini farqlay olishi, ularning kechinmalari va qobiliyatlarini sezish layoqatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Ko‘pchilik ziddiyatlar boshliqning jamoa a’zolari bilan nizolashishiga sabab bo‘lib qolmoqda.
Muomalaga kirishimlilikni ta’minlashda, aloqa o‘rnatishda quyidagi prinsiplarni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
1-bosqich – psixologik to‘siqlarni bartaraf etish;
2-bosqich – mos keluvchi qiziqish va manfaatlarni topish;
3-bosqich – muomala prinsiplarini aniqlash;
4-bosqich – muomala uchun xavfli sifatlarni ajrata olish;
5-bosqich – muomalada sherigiga moslashish va psixologik aloqa o‘rnatish.
Prinsiplardan foydalanish bosqichlariga amal qilish hamsuhbatga ta’sir ko‘rsatishning va nizolarga shart-sharoit tug‘dirmaslikning eng yaxshi vositasiga aylanadi.
Ziddiyatning nafaqat nazariy tomonlarini, shuningdek, uning amaliy tomonlarini ham, yechimini ham bilish kerak. Bu huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari faoliyatidagi juda ham zarur va dolzarb muammomdir, bu dolzarblik uni o‘rganishimizga sabab bo‘ladi.
Ziddiyatni yechish metodikasi amaliyotga hech qanday ta’sir qilmasligi kerak. Umuman, jamoada ziddiyat chiqmasligida rahbarning o‘rni beqiyosdir, rahbar asabiylashmasligi, boshqacha qilib aytganda, ziddiyatni yechishda bardoshli bo‘lishi kerak.
Ziddiyatni yechishning ijobiy (pedagogik) va ma’muriy (salbiy) yo‘llari mavjud. Birinchisida kishilarning yaxshi ishlashlari uchun sharoit yaratilsa, ikkinchisida ziddiyatni yuzaga keltirgan shaxslar jazolanadi. Pedagogik-psixologik ta’sir etishning asosiy usullaridan biri ishontirish usulidir. Bu usul jamoa murojaat qilganida qo‘llaniladi.
Ziddiyatning barcha turlari jamoa faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki uning sabablarini aniqlash, uni yechish yo‘llarini izlash, aybdorlarni jazolash hamma-hammasi vaqt talab qiladi. Umuman olganda, ma’muriy jazolash hech iloji bo‘lmagan hollarda qo‘llanishi kerak.
Ziddiyatni yechishning asosiy usullaridan tashqari, quyidagi qo‘shimcha yo‘llari ham mavjud:
1) ziddiyatni umuman yo‘q qilish (bo‘shatish, bir ishdan ikkinchi ishga olib qo‘yish);
2) ziddiyatlashgan tomonlardan biri yutadi, ikkinchisi yutqazadi, yutqazgan uni tan olishi;
3) ziddiyatda ikki tomondan biri ikkinchisiga yo‘l berishi;
4) ziddiyatning asta-sekinlik bilan o‘z-o‘zidan yo‘qolishi;
5) ziddiyatlashgan kishilardan biri ikkinchisining talabini qondirish;
6) ziddiyatni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarning oldini olish;
7) tomonlarni ishontirish (bir-birga) yo‘li bilan yarashtirib qo‘yish.
Ziddiyatni yechish qiyin ijtimoiy psixologik muammo bo‘lib, u keltirib chiqargan tomonlarning ikkalasi ham o‘zlaricha ruhiy tomondan haqdirlar.
Ziddiyatning oldini olish va yechishda quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
– ziddiyatni bartaraf etishda avval ziddiyatlarning kelib chiqish sharoitlarini to‘g‘ri baholash;
– ziddiyatning kelib chiqishga shart-sharoit yaratib bermaslik;
– ziddiyatning o‘zagini aniqlash, ziddiyatning eng yuqori nuqtasida shaxsiy o‘zaro kelishishlarni topish;
– ziddiyatning subyektiv sabablarini aniqlash;
– subyektlar tomonidan ziddiyatning yo‘nalishini aniqlash.
– ziddiyat qatnashchilarining hamma fikrlarini eshitish, shoshmashosharlik bilan xulosa chiqarib qo‘ymaslik, asosiy diqqatni ziddiyat predmetiga qaratish;
– ziddiyatni yechishda eng maqbul yo‘l izlash.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, ziddiyat borasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1) ziddiyat psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda o‘ta murakkab nazariy va amaliy muammodir;
2) ziddiyatni ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan ikkiga bo‘lamiz: qarama-qarshilik va qarama-qarshi kurashlar;
3) ziddiyat o‘zining tuzilishi va dinamikasiga ega;
4) ziddiyatni keltirib chiqaruvchi obyektiv va subyektiv sabablar mavjud;
5) ziddiyatni yechishda asosan pedagogik va ma’muriy usullar qo‘llaniladi.


  1. Yüklə 112,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin