2017-yilning 29-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264 sonli farmoni qabul qilindi. Farmonda ushbu vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish, eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish kabilar belgilandi.

2019-yil 23-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853 sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida qabul qilingan strategiyada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida intensiv innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga ham alohida e’tibor berilgan.
2. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida qo‘llanilayotgan innovatsiyalarning turlari.
Dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda “Elektron qishloq xo‘jaligi” (E-agriculture) va “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) tushunchalari paydo bo‘ldi va ushbu tushunchalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondoshuvlardir.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida quyidagi zamonaviy raqamli texnologiyalar qo‘llanilmoqda:
dasturiy ta’minot: alohida fermer xo‘jaliklari uchun mo‘ljallangan yoki buyumlar interneti (IoT) platformalaridan foydalanish uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yechimlar, mobil ilovalar va boshqalar. Buyumlar interneti (Internet of things) – bu uskunalarning internet orqali o‘zaro bog‘lanishini nazarda tutadigan konsepsiya bo‘lib, ma’lumotlar to‘plash va o‘zaro almashish, masofadan turib real vaqt rejimida (jumladan, avtomatik rejimda) jarayonlarni monitoring va nazorat qilish hamda buning asosida ularni boshqarishga imkon beradigan tizimdir.