7 mavzu AGROBIZNESDA INNOVATSIYALARNING MOHIYATI VA AHAMIYATI
Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini raqamlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida 2020-yil 17-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 794-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra agrar sohani raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinlar holatini nazorat qilishning idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini joriy etish;
agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy AKTni joriy etish uchun maqsadli loyihalarni amalga oshirish;
suv omborlari va sug‘orish tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
biznes-startap loyihalarni amalga oshirish va innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish uchun korxonalarga ko‘maklashish.