H ozirgi vaqtda o’rmonlar maydonining keskin qisqarish jarayonlari davom etmoqda.
Sayyoramizning «o’pkasi» hisoblangan tropik o’rmonlar minutiga 15-20 gektardan kesilmoqda. Bu jarayonlar biosferadagi barqaror muvozanat holatini izdan chiqarib, ekologik xalokat xavfini kuchaytirishi mumkin. Yangi erlarni o’zlashtirish, atrof muhitning ifloslanishi oqibatida o’nlab o’simlik turlari yo’qolmoqda.
Er yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o’ziga xos ekologik makonni egallaydi. Ekosistemalarda organizmlar qanchalik rang-barang bo’lsa, uning tashqi ta’sirga chidamliligi ham shunchalik kuchli bo’ladi. Shuning uchun biosferadagi mavjud rang-baranglikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vaziflaridan hisoblanadi.
Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o’simliklarni. hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar o’tkaziladi.
XIX asrdan boshlab qo’ruqxonalar. milliy bog’lar. davlat buyurtmalari tashkil qilish Faoliyati jadallashgan.
2-savolning bayoni Hayvonlar biomassasi tirik mavjudotlar biomassasining 2 foizini tashkil qilishga qaramasdan ular biosferadagi modda almashinuvi, boshqa turli jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Biosferadagi aniqlangan hayvon turlarining soni 1,5 mln.dan oshadi. Sodda hayvonlar tuproq hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Hayvonlar o’simliklar hayotiga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir hayvon turi biosferada o’zining ekologik ahamiyatiga egadir, inson uchun hayvonlar oziq mahsuli, xom-ashyo manbai, uy hayvonlari zotlarini yaxshilash va estetik zavq manbaidir.
Hayvonlarning 1 mln.dan ortiq turi hashoratlarga to’g’ri keladi. Hashoratlar o’simliklarni changlaydi, qushlar, boshqa umurtqali hayvonlar, inson uchun oziq manbaidir. Er yuzidagi hayvonlar biomassasining 95 foizdan ortig’i umurtqasizlarga to’g’ri keladi. Umurtqali hayvonlar ichida sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar eng katta ahamiyatga egadir. Dunyo okeanida hayvonlar biomassasi o’simliklar biomassasidan kattadir.
Er yuzida inson uchun zararli bo’lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi hayvonlar, ekinlarning zararkunandalari ham mavjuddir. Insonning bevosita ta’siri natijasida oxirgi ikki yuz yil ichida 300 dan ortiq sut emizuvchilar va qushlar turlari yo’q qilingan. O’rmonlarning kesilishi, erlarning o’zlashtirilishi, hayot muhitining ifloslanishi orqali inson katta miqyosda hayvonot dunyosiga bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar O’rtasidagi hamkorlik yo’li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin.
Kuchib yuruvchi hayvonlar, Dunyo okeani hayvonot va o’simlik dunyosi, ba’zi daryolarda yashovchi o’simlik va hayvonlar - davlatlararo kelishuv yo’li bilan muhofaza qilinadi.
1992 yili Rio-De-Janeyroda biologik xilma-xillikni saqlash halqaro konventsiyasi qabul qilindi. O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish alohida maxsus qonunlar orqali nazorat qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi o’ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga ega. So’nggi yillarda insonning xo’jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta’sir kuchaydi.
O’zbekistonda mavjud 4 000 dan ortiq o’simlik turlarining 10-12 foizi muhofaza talab. O’rmon resurslari cheklangan. Eng qimmatli tog’ o’rmonlarining maydoni o’nlab marta qisqarib ketgan. Tabiiy yaylovlarning holati yomonlashgan.
O’zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvonlar turlaridan iborat (D.A.Azimov, 1995). Hali to’la o’rganilmagan umurtqasiz hayvonlar ichida muhofazaga muxtojlari ajratilmagan.