7 -mavzu: O’simliklar olami va hayvonot dunyosini muhofaza qilish


O’zbekistondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar



Yüklə 108,54 Kb.
səhifə5/5
tarix27.12.2023
ölçüsü108,54 Kb.
#199347
1   2   3   4   5
7.Мавзу.Умумий экологияdocx

O’zbekistondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar





Nomi

Tashkil etilgan yili

Maydoni
Km2

Ixtisoslashuvi

Viloyat




Qo’riqxonalar













1.

Zomin

1926

268,4

Tog’-archa
qo’riqxonasi

Jizzax

2.

Chotqol biosfera qo’riqxonasi

1947

451,6

Tog’-archa
qo’riqxonasi

Toshkent viloyati

3.

Baday-to’qay

1971

64,6

qayir-to’qay
qo’riqxonasi

Qoraqalpog’iston

4.

Qizilqum

1971

101,4

qumli –to’qay
qo’riqxonasi

Xorazm, Buxoro

5.

Zarafshon

1971

23,5

qayir-to’qay
qo’riqxonasi

Samarqand

6.

Kitob

1978

53,7

Geologik qo’riqxona

Qashqadaryo

7.

Nurota

1975

177,5

Tog’-yong’oq mevali

Jizzax

8.

Xisor

1983

814,3

Tog’-o’rmon

Qashqadaryo

9.

Surxon

1987

267,7

Tog’-o’rmon

Surxondaryo




Milliy bog’lar













1.

Zomin

1976

241,1

Tog’-o’rmon.
Rekreatsiya

Jizzax

2

Ugom-chotqol







Tog’-o’rmon.
Rekreatsiya

Toshkent viloyati

O’zbekistonning qo’riqxonalarida 350 dan ortiq hayvon turlari, 700 dan ortiq o’simlik turlari himoyaga olingan. Ulardan qoplon, buxoro bug’usi, Menzbir sug’uri, ilvirs xalqaro (TMXI) «qizil kitobga» kiritilgan. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar tartibini buzganligi uchun moddiy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Mamlakatimizdagi mavjud qo’riqlanadigan hududlar to’ri biologik xilma-xillikni samarali muhofaza qilish imkonini bermaydi. Saqlanib qolgan tabiiy landshaftlarda yangi qo’riqlanadigan hududlarni tashkil qilish lozimdir.


Yuqorida qayd etilgani kabi, 1983 yili e’lon qilingan O’zbekiston Qizil kitobiga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo’lib, baliqlar - 5 tur; qushlar - 31 tur; sut emizuvchilar - 22 tur; sudralib yuruvchilar - 22 turdan iboratdir. O’zbekistonda turon yo’lbarsi, qizil buri, gepard, yo’l-yo’l giena kabi turlar qirilib ketgan. Ustyurt quyi, burama shoxli echki, kor barsi, buxoro bug’usi va boshqa ayrim turlar yo’qolish arafasidadir.
O’zbekiston Respublikasi o’ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga ega. So’nggi yillarda insonning xo’jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta’sir kuchaydi. O’zbekistonda mavjud 4500 ga yaqin o’simlik turlarining 10-12 foizi muhofazatalab. O’zbekistonning «qizil kitobi»ga o’simliklarning 301 turi kiritilgan. «Qizil kitob» da alohida o’simlik bo’yicha quyidagi ma’lumotlar beriladi: 1. Kamyoblik darajasi(maqomi). 2. Tarqalishi. 3. O’sish sharoiti. 4. Soni.
5. Ko’payishi. 6. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari.
7. Madaniylashtirilishi. 8. Muhofaza choralari.
qator sabablarga ko’ra o’simlik o’z maqomini u yoki bu tomonga o’zgartirib turishi, ya’ni o’simlik butunlay yo’qolishi yoki muhofazaga ehtiyoj qolmasligi mumkin.
Bunday alohida muhofaza qilinadigan xududlarda yo’qolib borayotgan noyob o’simlik va hayvonlar muhofaza qilinadi. Noyob va yo’qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e’tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni muhofaza qilish halqaro ittifoqi tomonidan halqaro «Qizil kitob» tashkil qilingan. Alohida yirik davlatlar o’z Qizil kitobiga ega. Qizil kitob faqatgina xatar darakchisi bo’lib qolmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir.
«Qizil kitob» ayrim viloyatlar, mamlakatlar yoki butun dunyo bo’yicha kelajakda xavf ostida turgan o’simlik va hayvonlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lgan rasmiy hujjatdir. 1948 yil BMTning YuNESKO tashabbusi bilan tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish halqaro ittifoqi tuzildi. Ushbu tashkilot maxsus komissiya tuzib er yuzida Yo’qolib borayotgan va noyob o’simlik, hayvon turlarini aniqlash hamda ularni saqlash, tiklash dasturini ishlab chiqish topshirildi. 1948-54 yillari komissiya yo’qolish xavfi ostidagi hayvonlar ro’yxatini tuzib chiqdi. Buning uchun maxsus kriteriyalar ishlab chiqildi. qabul qilingan kriteriyalar Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish halqaro ittifoqi tomonidan ma’qullanib, muhofazaga olish uchun o’simlik va hayvon turlarini ayrim kategoriyalarga ajratgan holda «Qizil kitob» yaratishga asos bo’ldi. 1966 yili stol ustida foydalandigan kalendar sifatida turli ranglarga ega bo’lgan varaqlardan iborat birinchi halqaro «Qizil kitob» nashr qilindi.
1978 yilda O’zbekiston fanlar akademiyasining ilmiy kengashi O’zbekiston «Qizil kitobi»ni ta’sis etdi. 1983 yili nashr qilingan «Qizil kitob»ning birinchi xildagi 22 turdagi sutemizuvchilar, 33 tur kushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlar kiritilgan. Kitobda hayvonlar soni, uning o’zgarish sabablariga, ayrim turlarning ahvoli va ularning ko’payishiga, muhofaza qilish bo’yicha belgilangan hamda mo’ljallangan tadbirlarga alohida e’tibor berilgan. «Qizil kitob»ning hayvonot dunyosi UzFA ning «Zologiya va parazitologiya» instituta zimmasiga yuklatilgan. Hozircha bu kitobga faqat umurtqali hayvonlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
O’zbekiston «Qizil kitobi»ning 2 xildagi davlat muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi yo’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o’simlik kiritilgan. Bu kitobga kiritilgan o’simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish halqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyasiga binoan 4 kategoriyaga ajratiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Yo’qolgan yoki yo’qolish arafasidagi turlar. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin ayrim yig’ib olish qiyin bo’lgan joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlanib qolish ehtimoliga ega bo’lgan o’simlik turlari.
2. Yo’qolib borayotgan turlar. Yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlanib qolishi uchun maxsus muhofaza talab etadigan turlar.
3. Noyob turlar. Ma’lum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolitb ketishi mumikin bo’lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.
4. Kamayib borayotgan turlar. Ma’lum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga ko’ra yoki insonlar ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda, bunday o’simliklar har tomonlama nazorat qilib turishni talab etadi.
«Qizil kitob» ning yangi nashrida muhofazaga olingan o’simlik turlari soni 300 ga boradi.
Respublikamiz «Qizil kitobi»ni har 5 yilda yangilab turish ko’zda tutilgan. O’simliklar dunyosi UzFA Botanika instituti olimlari tomonidan yoziladi.
«Qizil kitob»da o’simlikning har bir turining nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha ta’rifi, tarqalishi haqida, sxematik kartada o’sish joyi ifodalangan. Ilmiy ma’lumotlar va shaxsiy kuzatishlar asosida turlarning tabiatdagi miqdori va ushbu tur arealining o’zgarish sabablari keltirilgan.
Umumiy qilib aytganda. «Qizil kitob»ning mohiyati shundaki, ular o’simlik va hayvonot olamining noyob, yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlar haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir.
Uning vazifasi - jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarni tabiat muhofazasi muammosiga jalb qilishdan va turlar genofondini saqlab qolishga yordamlashuvidan iboratdir.
Respublika tabiiy florasining aksariyat qismidan halq xo’jaligi extiyojlari uchun oqilona foydalanilmayotir. Oqibatda ulardan ko’plarining tabiiy zaxiralari keskin darajada kamayib, yo’qolib ketish xavfi tug’ilgan. Bularga dunyoga dongi ketgan lola va sallagullar, sanoat extiyoji uchun xom ashyo sifatida yig’ib olinayotgan saponin saqlovchi qimmatbaxo o’simlik - etmak, muhim dorivor o’simlik - bozulbang (lagoxillus), oziq-ovqat o’simligi - anzur piyoz kabilar misol bo’ladi. O’simliklarning kamayib ketishiga kishilarning tabiatga ko’plab chiqib sayr qilishlari ham sabab bo’lmoqda. Masalan: Chimyon (Toshkent atrofida)dagi qizil lola, sallagul, shirach va shunga o’xshash nafis gullarni ayni vaqtda juda kam uchratish mumkin. Ayrim shaxslar dorivor va oziq-ovqat o’simliklarning piyozlarini, tuganaklarini, ildizpoyalarini ijozatsiz qazib olib, yovvoyi o’simliklar olamiga jiddiy zarar keltirmoqda. Tabiatga, shu jumladan o’simliklar dunyosiga nisbatan shavqatsizlarcha munosabatda bo’lishga chek qo’yish payti keldi. Tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko’paytirish barchamizning asosiy burchimiz bo’lmog’i darkor.


Nazorat savollari
1. O’simliklarning biosfera va inson hayotidagi ahamiyatini izohlab bering.
2. Er yuzida qancha o’simlik turi aniqlangan
3. Insonning o’simliklarga ta’sir shakllarini izohlab bering.
4. Hayvonlarning biosfera va inson hayotidagi rolini izohlang.
5. Biosferada aniqlangan hayvon turlarining soni qancha?
6. O’zbekiston faunasida qancha turlar aniqlangan?
6. O’zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan o’simlik va hayvon turlari
Yüklə 108,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin