3-savolning bayoni
O’zbekistonda o’rmon resurslari cheklangan, o’rmonlilik 4%ga yaqinni tashkil qiladi. Tog’, cho’l, qayir va vodiy o’rmonlari mavjud.
Tog’ o’rmoni
Tog’ o’rmonlari 311 ming. ga, yoki o’rmonlarning 11% ini tashkil etadi. Shundan archa o’rmonlari 204 ming. ga yoki 7% ni tashkil qiladi.
Cho’l o’rmonlar maydoni 2,4 mln ga yoki butun o’rmonlar hududining 87%ni tashkil etadi. Asosan saksovul va butalardan iborat.
Daryo qayirlarining o’rmonlari-to’qaylar atigi 25 ming gektarda saqlanib qolgan va umumiy o’rmonlar hududining 1% dan kamrog’ini tashkil qiladi. Vodiy sun’iy o’rmonlari 12 ming ga ni tashkil qiladi(o’rmonlarning 0,4%). Eng qimmatli tog’ o’rmonlarining maydoni o’nlab marta qisqarib ketgan. To’qaylar ko’plab kesib tashlangan. Hozirda o’rmonlarni qayta tiklash ishlari talabga to’la javob bermaydi.
O’zbekistonda dorivor va ozuqabop o’simliklarning turlari ham ko’plab uchraydi va ularning aksariyati hozirgi vaqtda muhofaza talab qiladi. Har yili respublikada yuzlab tonna dorivor va ozuqa o’simliklari tayyorlanadi (-jadval).
O’simlik xom ashyosini tayyorlash xajmlari(tonna)
|
O’zbekiston bo’yicha jami:
|
2002 y.
|
2003 y.
|
2004y.
|
Tayyorlash normasi(kvota)
|
508,3
|
491,7
|
581,76
|
Amalda tayyorlangan
|
490,3
|
250,6
|
301,3
|
O’zbekistonda yaylovlar 23 mln. gektarni, yohud mavjud maydonlarning yarmini tashkil etadi. Chorva mollarini haddan tashqari boqilganligi natijasida 70% yaylov yaroqsiz ahvolga tushib qolgan. Tog’ yaylovlaridan me’yordan ortiq foydalanish o’simliklarning nobud bo’lishi, erlarning buzilishi, eroziya, sel toshqinlarining ko’payishiga olib kelmoqda.
Respublikamizda o’simlik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni ta’minlash maqsadada turli tadbirlar o’tkazilmoqda.
O’zbekiston faunasi 677 tur umurtqali hayvonlar (sutemizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. O’zbekistonda turon yo’lbarsi, qizil bo’ri, gepard, yo’l-yo’l giena kabi turlar qirilib ketgan. Ustyurt qo’yi, morxo’r, ilvirs (qor barsi), buxoro bug’usi, qoplon va boshqa ayrim turlar yo’qolish arafasidadir. O’zbekistonning «qizil kitobi»ga hayvonlarning 184 turi kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: |