Milliy valyuta almashuv kursining shakllanishi xorijiy valyutalarga bo’lgan talab va taklif o’zaro nisbatining o’zgarishi natijasi bo’lganligi sababli, xorijiy valyutalardagi va milliy valyutalardagi pul mablag’lariga bo’lgan talab va taklifga ta’sir etuvchi omillar, bir vaqtning o’zida, milliy valyuta almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. O’z navbatida, milliy va xorijiy valyutalardagi netto aktivlarga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari, fikrimizcha, quyidagilardan iborat: mamlakat tashqi savdo operatsiyalarining qoldig’i; mamlakat tashqi qarzining darajasi (tashqi qarzning YaIM dagi salmog’i orqali baholanadi); inflyatsiya darajasi; Markaziy bankning majburiy zahira stavkalari; Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi; tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari; tijorat banklari brutto kreditlarining miqdori; tijorat banklari depozitlarining miqdori; tijorat banklari umumiy kapitalining miqdori; milliy iqtisodiyotga jalb qilingan xalqaro kreditlar; xorijiy mamlakatlardan keladigan pul o’tkazmalari; Davlat byudjeti defitsitining darajasi.
U yoki bu omilning milliy va xorijiy valyutalardagi talab va taklifga ta’sirining darajasi milliy iqtisodiyot va moliya bozorlarining rivojlanish darajasi, mamlakat Markaziy banki monetar siyosatini amalga oshirish mexanizmining takomillashganligi, milliy bank tizimining etarli darajada raqobatbardoshligi, mamlakat Markaziy bankining iqtisodiy va siyosiy mustaqillik darajasi kabi omillar bilan belgilanadi.
Biz quyidagi jadval ma’lumotlari orqali milliy valyuta – so’mning nominal almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir darajasi va dinamikasini tahlil qilamiz.
Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib borilgan valyutani hamda pul muomilasini tartibga soluvchi odilona siyosati natijasida hozirgi kunda milliy valyutamiz kursini barqarorligiga erishildi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan normalardan yuqori hajmdagi oltin-valyuta zahirasi shakllantirildi. Valyutani tartibga solish borasida qator konunlar va m’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va ularni bajarilishi ustidan olib boriladigan nazorat, tahliliy ishlar takomillashtirildi.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2011-2015 yillar mobaynida so’mning qadrsizlanish sur’ati 156,5 foizni tashkil qildi. Mazkur qadrsizlanish sur’ati yuqori bo’lib, asosan, quyidagi omillarning ta’siri bilan izohlanadi:
1. Hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq bo’lgan to’lovlar miqdorining oshishi natijasida mamlakat ichki bozoridagi xorijiy valyutalar taklifining kamayishi.
Ma’lumotlar tahlilidan ko’rinadiki, tahlil qilingan davr mobaynida hukumat tashqi qarzining nominal YaIM dagi salmog’i 1,0 foizli punktga oshdi. Bu esa, tashqi qarz bo’yicha xorijiy valyutalarda amalga oshirilayotgan to’lovlar miqdorining sezilarli darajada katta ekanligidan dalolat beradi.