O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari
2-jadval O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kredit quyilmalari hajmi va unga ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi10
Ko’rsatkichlar
2012
2013
2014
2015
2016
2016 yilda 2012 yilga nisbatan o’zgarishi
Kredit quyilmalari hajmi, mln. so’m.
15652,0
20400
26530
34809
42685
272,2 f.p.
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining o’rtacha yillik darajasi, %
12
12
10
9
9
-3 f.p.
Qisqa muddatli so’mdagi kreditlarning o’rtacha tortilgan foiz stavkasi, %
13,8
13,2
13,0
10,5
9,5
-4,3 f.p.
Uzoq muddatli so’mdagi kreditlarning o’rtacha tortilgan foiz stavkasi, %
13,0
11,8
11,6
10,5
9,5
4,5 f.p.
So’mdagi muddatli depozitlar bo’yicha majburiy zaxira stavkalari, %
12,5
12,5
12,5
12,5
12,5
-
borasida amalga oshirilgan ishlar hamda qayta moliyalash stavkasining 2 foiz bandga tushirilganligi tijorat banklarining foiz siyosatiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Shuningdek, respublikadagi mavjud makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik ham kreditlar va depozitlar bo’yicha foiz stavkalari dinamikasida o’z ijobiy aksini topdi.
Xususan, depozitlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan 7,7 foizgacha pasaydi.
Bunda jismoniy shaxslar depozitlari (talab qilib olinguncha depozitlar hisobga olinmagan holda) bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,8 foizdan 8,0 foizgacha, yuridik shaxslar depozitlari bo’yicha esa yil boshidagi 7,4 foizdan
5,5 foizgacha pasaydi.
Shu bilan birga, banklararo pul bozorida o’rtacha foiz stavkasi yil davomida 1,0 foiz bandga pasayib, 9,0 foizni tashkil etdi.
Tijorat banklarining resurs bazasini shakllantirish bilan bog’liq xarajatlarning qisqarishi mos ravishda kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining pasayishiga olib keldi.
Bunda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi 12,4 foizdan 10,5 foizgacha, imtiyozli kreditlarni hisobga olmagan holda esa 14,3 foizdan12,5 foizgacha pasaydi.
2015 yilda pul bozorida, shu jumladan, tijorat banklarining depozit va kredit operatsiyalari bo’yicha o’rnatilgan foiz stavkalari pasayish dinamikasi kuzatildi.
Jumladan, 2015 yil 1 yanvaridan qayta moliyalash stavkasining 1 foizli bandga pasaytirilishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayib borishi kabi omillar ta’sirida 2015 yilda jami depozitlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 7,7 foizdan 6,7 foizgacha pasaydi.
Shuningdek, 2015 yilda pul bozorida ham moliyaviy resurslar narxlarining arzonlashishi kuzatilib, banklararo kredit operatsiyalari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi 2015 yilning birinchi choragida kuzatilgan o’rtacha 9,7 foizdan yil oxiriga kelib 9,2 foizgacha pasaydi.
O’z navbatida, depozitlar va banklararo pul bozorida foiz stavkalarining pasayishi tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining pasayishiga xizmat qildi. Xususan, 2015 yilda tijorat banklarining kreditlari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 10,5 foizdan 9,5 foizgacha pasaydi.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining qabul qilinishi valyuta bozorini erkinlashtirish bo’yicha amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri sanaladi. Qarorga muvofiq, 2001 yil 1 noyabrdan boshlab quyidagi operatsiyalar erkin kursda amalga oshirilmoqda:
− hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida 2001 yil 1 iyulgacha jalb etilgan chet el valyutasidagi kreditlarga xizmat ko’rsatish;
− korxonalarning markazlashtirilgan resurslarni eksport qilish hisobiga tushadigan valyuta tushumlarini majburiy sotish va sotib olish;
O’zbekiston Respublikasida naqd pul muomalasi va iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud bo’lganligi sababli, naqd xorijiy valyutalarning tijorat kursi dinamikasini baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2011-2015 yillar mobaynida respublikamiz tijorat banklari kredit quyilmalarining hajmi o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Buning ustiga, 2015 yilda kredit quyilmalarining 2011 yilga nisbatan o’sish sur’ati sezilarli darajada yuqori bo’lgan. Mazkur tendentsiyani yuzaga kelishiga sabab bo’lgan omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir:
2015 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganligi va buning natijasida tijorat banklari tomonidan berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar foiz stavkalarining pasayish tendentsiyasining yuzaga kelganligi;