7- mavzu. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari reja: reja



Yüklə 237,49 Kb.
səhifə9/9
tarix23.12.2022
ölçüsü237,49 Kb.
#77526
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari

2-rasm. Qozog’iston, Rossiya, Ukraina, Belorussiya va O’zbekiston Markaziy banklarining majburiy zaxira stavkalarini o’rtacha darajasi18, 2016 yilning 1 yanvar holatiga

Shunisi xarakterliki, majburiy zaxira talabnomalari ma’muriy mazmunga ega bo’lgan monetar instrument hisoblanadi. Shu sababli, taraqqiy etgan mamlakatlarda ushbu instrumentning ahamiyati juda past. Masalan, Yaponiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Kanada davlatlarida majburiy zaxira talabnomalari monetar siyosat instrumenti hisoblanmaydi. Evropa Markaziy bankining majburiy zaxira stavkasi esa, atigi 2,0 foizni tashkil etadi.


Pul-kredit siyosati instrument­laridan foydalanishda asosiy e’tibor bank tizimida ortiqcha likvidlikni shakllantiruvchi va inflyatsion bosimning oshishiga olib kelishi mumkin bo’lgan omillarga qaratildi.
2016 yilda belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, xususan, inflyasiya darajasi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha o‘rnatilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga mutanosib ravishda pul agregatlarining o‘zgarish dinamikasini boshqarib borishda pul-kredit siyosatining tegishli instrumentlaridan foydalanildi.
Bunda asosiy e’tibor bank tizimida ortiqcha likvidlikni shakllantiruvchi va inflyasion bosimning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar xususiyatiga qaratildi.
Xususan, bank tizimi sof tashqi aktivlari ko‘payishi hisobiga shakllangan qo‘shimcha likvidlikning inflyasion bosimga ta’sirining oldini olish maqsadida tijorat banklarining bo‘sh pul mablag‘larini Markaziy bankdagi depozitlarga muntazam ravishda jalb etish orqali sterilizatsiya operatsiyalari o‘tkazilib borildi.
2016 yil davomida amalga oshirilgan sterilizatsiya operatsiyalarining o‘rtacha hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 martaga oshdi.

Bu esa, bank tizimidagi likvidlikni samarali boshqarishga, pul massasining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha o‘sishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
Bank tizimidagi likvidlik darajasini boshqarish va shu orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishda, shuningdek, majburiy zaxira talablaridan ham keng foydalanildi.

Xususan, pul agregatlarining dinamikasi va ularning maqsadli prog­noz parametrlaridan kelib chiqqan holda majburiy zaxira ta­lab­lari muddati 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun – 15 foiz, muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun – 12 foiz, muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlar uchun 10,5 foiz miqdorida o‘zgartirilmasdan ushlab turildi.
Natijada mazkur davrda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralar hajmi 644 mlrd. so‘mga yoki 20 foizga ko‘paydi.
Bunda 2016 yilda inflyasiya darajasining kuzatilgan dinamikasi va mavjud inflyasion kutilmalardan hamda pulga bo‘lgan talabning real holatidan kelib chiqib, qayta moliyalash stavkasi o‘zgartirilmasdan yillik
9 foiz miqdorida saqlab turildi.
Umuman olganda, pul-kredit siyosati instrumentlaridan samarali foydalanish pul massasining YAIMga nisbatini belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari doirasida ushlab turish va inflyasiya darajasiga monetar omillar ta’sirining oldini olish imkonini berdi.



1 F.Mullajonov. “O’zbekiston Respublikasi bank tizimi” ,«O’ZBEKISTON» NMIU, 2011 y

2 Абрамова М.А. Национальная денежная система: теория, методология исследования, концепция развития в условиях модернизации современной экономики. – М.: ИНФРА-М, 2014. – С. 95-101.

3 Мэнкью Н.Г. Принципы макроэкономики. 4-е изд. Пер. с англ. – СПб.: Питер, 2009. – С. 282-298.

4 Мишкин Ф.С. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков. 7-е изд. Пер. с англ. – М.: ООО «И.Д. Вильямс», 2013.– С. 87-88

5Белоглазова Г.Н. Деньги, кредит, банки. Учебник. – М.: Высшее образование, 2008. – С. 113-128

6 Деньги, кредит, банки. Под ред. Проф. О.И. Лаврушина. – М.: КНОРУС, 2009. – С. 531

7 Красавина Л.Н. Денежное обращение и кредит капиталистических стран. – М.: Финансы и статистика, 1989. – С. 48

8O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi, Markaziy banki va “O’zbekiston iqtisodiyoti” axborot-tahliliy sharhi ma’lumotlari asosida tuzildi.

9 «International Financial Statistics» byulleteni ma’lumotlari asosidagi hisob-kitobi.

10 O’zbekiston Markaziy bankining hisobot ma’lumotlari asosida hisoblandi.

11 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, www.cbu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi

12 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, www.cbu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi

13 O’zbekiton Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari

14 O’zbekiton Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari

15 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari

16 Bozor Pul Kredit . 2015 yilda pul-kredit soxasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2016 yilga mo’ljallangan asosiy yunalishlari. 2016 yil 1- son. 20-bet.

17 Mullajonov F. O’zbekiston bank tizimi: 2015 yil natijalari va 2016 yildagi ustuvor vazifalar//Bozor, pul va kredit. – Toshkent, 2016. - №1. – B. 5.

18 www.cbr.ru sayti ma’lumotlari

Yüklə 237,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin