7- mavzu: Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa Reja


b) Asoslarga oid qoidalar



Yüklə 197,94 Kb.
səhifə14/23
tarix19.12.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#184458
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
7-ma`ruza

b) Asoslarga oid qoidalar:
4. Ikki juz'iy asosdan hech qanday xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:
Fanlar Akademiyasining ba'zi a'zolari (M) – ximiklar (R).
Ba'zi biologlar (S) – fanlar Akademiyasining a'zolari (M).
5. Agar asoslardan biri juz'iy bo‘lsa, xulosa ham juz'iy bo‘ladi. Masalan:
Barcha baliqlar (M) umurtqalidir (R).
Ba'zi suvda yashovchilar (S) baliqlardir (M).
Demak, ba'zi suvda yashovchilar (S) umurtqalidir (R).
6. Ikki inkoriy asosdan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:
Barcha yomon kishilar (M) yaxshilar emas (R).
Qoraboev (S) yaxshi odam (M) emas.
7. Ikki tasdiqiy asosdan inkor xulosa chiqarish mumkin emas. Masalan:
Barcha a'lochi talabalar (M) tirishib o‘qishadi (R).
Bahromov (S) – a'lochi talaba (M).
Demak, Bahromov (S) tirishib o‘qiydi (R).
8. Agar asoslardan biri inkoriy bo‘lsa, xulosa ham inkoriy bo‘ladi. Masalan:
Hech bir talaba (M) madaniyatsiz bo‘lmasligi lozim (R).
Davron (S) – talaba (M).
Demak, Davron (S) madaniyatsiz bo‘lmasligi lozim (R).


Sillogizm turlari:
Mantiqiy tarkibiga ko‘ra sillogizmlar sodda (qat'iy) va murakab sillogizmlarga bo‘linadi.
Sodda sillogizm ikki asos va bir xulosadan, ya'ni uch termindan iborat bo‘ladi.
Sodda sillogizmning eng yaqqol ko‘rinishi qat'iy (kategorik) sillogizmdir.
Qat'iy (kategorik) sillogizmning ikkala asosi va xulosasi ham qat'iy hukmlardan iborat bo‘ladi. Masalan:
Barcha xalqlar tinchlik tarafdoridirlar (A).
O‘zbek – xalq (A).
Demak – o‘zbek xalqi tinchlik tarafdoridir (A).
Sodda sillogizm ba'zan qisqartirilgan shaklda ham uchraydi. Bunga entimema (grekcha entimema – yodimda degani) deyiladi.
Entimema deb asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan holda ifoda etilgan sillogizmga aytiladi.
Entimemalarning uch turi mavjuddir:
1. Katta asosi tushirib qoldirilgan entiemema. Masalan: O‘zbekiston Respublika bo‘lganligi sababli uning o‘z konstitutsiyasi bor. Bunda faqat kichik asos va xulosa mavjud. Katta asos – «Barcha respublikalarning o‘z konstitutsiyalari bor» – tushirib qoldirilgan.

Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin