Asoslar xarakteriga ko‘ra murakkab sillogizmlar ikkiga bo‘linadi: shartli va ayiruvchi sillogizmlar.
1. SHartli sillogizm deb asoslaridan biri yoki ikkalasi ham shartli hukmlardan tashkil topgan sillogizmga aytiladi.
SHartli sillogizmlar ikki xil bo‘ladi: a) sof shartli va b) shartli-qat'iy sillogizmlar.
Sof shartli sillogizmning asoslari va xulosasi shartli hukmlardan iborat bo‘ladi. Masalan:
Agar talaba darslarni o‘z vaqtida tayyorlab borsa, u fanlardan yaxshi o‘zlashtirishga erishadi.
Agar talaba fanlardan yaxshi o‘zlashtirishga erishsa, uning bilimi oshib boradi.
Demak, agar talaba darslarni o‘z vaqtida tayyorlab borsa, uning bilimi oshib boradi.
Sxemasi:
Agar A-B bo‘lsa, unda C-D dir.
Agar C-D bo‘lsa, unda E-F dir.
Demak, agar A-B bo‘lsa, unda E-F dir.
SHartli sillogizmning inkor shakli ikki xil tarzda ko‘rinadi:
1. Agar men darsdan bo‘shasam, unda kinoga boraman. Agar darsdan bo‘shamasam, unda institutda bo‘laman. Demak, agar kinoga bormasam, unda men institutda bo‘laman (1).
Agar institutda bo‘lmasam, unda men kinoda bo‘laman (2).
Sxemasi:
Agar A-V bo‘lsa, unda S-D dir.
Agar A-B bo‘lmasa, unda E-F dir.
Demak, agar C-D bo‘lmasa, unda E-F dir (1).
Demak, agar E-F bo‘lmasa, unda C-D dir (2).
2. Agar men pedinstitutni bitirsam, unda o‘qituvchi bo‘la olaman. Agar men pedinstitutni tashlab ketsam, unda o‘qituvchi bo‘la olmayman. Demak, agar men pedinstitutni bitirsam, unda o‘qishni tashlab ketgan bo‘lmayman (1).
Agar men o‘qishni tashlab ketsam, unda pedinstitutni bitirmayman (2).
Sxemasi:
Agar A-V bo‘lsa, unda S-D dir.
Agar A-F bo‘lsa, unda C-D emas.
Demak, agar A-V bo‘lsa, unda E-F emas (1).
Demak, agar E-F bo‘lsa, unda A-V emas (2).
SHartli-qat'iy sillogizmning asoslaridan biri shartli, ikkinchisi qat'iy hukmlardan iborat bo‘ladi. Masalan:
Agar bug‘doy qizargan bo‘lsa, uni o‘rmoq zarur.
Bug‘doy qizardi.
Demak, uni o‘rmoq zarur.
Sxemasi:
Agar A-V bo‘lsa, unda S-D dir
A-V dir.
Demak, S-Ddir