7- mavzu: Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa Reja



Yüklə 197,94 Kb.
səhifə22/23
tarix19.12.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#184458
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
7-ma`ruza

Analogiya (qiyos) buyum va hodisalarning o‘xshashligi va tafovutini bilish uchun qo‘llaniladigan usul bo‘lib, unda juz'iy bilimdan juz'iy bilimga qarab xulosa chiqariladi. Analogiya traduktiv (lot. traductio – joylashtirish) xulosa chiqarishdir.
Analogiya yo‘li bilan buyumlarning o‘xshash belgilariga asoslanib, ehtimoliy xulosa chiqariladi. Masalan: Er va Mars planetalari bir-birlariga o‘xshash xususiyatlarga ega. CHunonchi, bahor va yoz oylarida bu planetalarning ustki qismi ko‘m-ko‘k rangga, kuzda sariq, qishda esa oq rangga ega bo‘ladi. Bu o‘xshashlikdan xulosa chiqarib, ehtimol, Marsda ham Erdagidek organik hayot mavjuddir, degan fikrga kelamiz.
O‘xshatiladigan yoki qiyoslanadigan ob'ektlar xarakteriga ko‘ra ikki xil analogiyani farqlaydilar: a) narsalar analogiyasi va b) munosabatlar analogiyasi.
Narsalar analogiyasi ikki yakka buyum va hodisani solishtirib xulosa chiqarish usulidir. Masalan: nur va tovush o‘zaro o‘xshash bo‘lgan to‘lqinli tabiatga ega.
Munosabatlar analogiyasi bir juft buyum va hodisalarning o‘xshash munosabatlariga asoslanib xulosa chiqarishdir. Masalan, ota va o‘g‘il, bobo va nevara, ustoz va shogird o‘rtalaridagi munosabatlar.
Analogiyaning yana quyidagi turlari mavjuddir:
a) oddiy (sodda) analogiya – buyum va hodisalarning o‘xshash belgi va xususiyatlaridan ularga xos umumiy belgi va xususiyatlar to‘g‘risida xulosa chiqarish. Masalan, temir va berilliy deyarli bir xil fizik xossalarga ega.
b) keng tarqalgan analogiya – hodisalar o‘xshashligidan ularni vujudga keltirgan sabablar, sabablar o‘xshashligidan esa ularga xos o‘xshashliklar harakati to‘g‘risida xulosa chiqarish.
v) qat'iy analogiya – ikki buyumning bir umumiy belgi bo‘yicha o‘xshashlgidan boshqa belgi bo‘yicha o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarish.
g) qat'iy bo‘lmagan analogiya – bir belgidan boshqa belgilar to‘g‘risida xulosa chiqarish
Analogiya fan va texnikada modellashtirishning mantiqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin