— har jihatdan etuk, o‘z ishining ustasi, dunyoqarashi keng, davlatimizning ta’lim
yo‘nalishidagi
siyosatini chuqur biladigan, nazoratchi uslubchi mutaxassisligi bo‘yicha
yuqori malakaga ega bo‘lishi;
— qat’iyatli, xolis, vijdonli, davlat manfaatlarini ko‘zlab ish yuritadigan, zimmasidagi
mas’uliyatni chuqur his etadigan, tartibli, o‘ziga va boshqalarga talabchan, o‘z so‘zida tura
oladigan, kamchilikka murosasiz bo‘lishi;
— maktabgacha ta’lim ravnaqi uchun eng muhim vazifalarni o‘z vaqtida aniqlay
olishi, ularni qisqa muddatda bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
—maktabgacha ta’lim
tashkilot
i faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qila oladigan,
mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini belgilab amalga oshirishga
qodir bo‘lishi;
—
Maktabgacha
ta’limi bo‘limi va maktabgacha ta’lim
tashkilot
lariga doimiy ravishda
uslubiy yordam berishga tayyor bo‘lishi;
—yangilikka intiluvchan, pedagogika fani sohasida qo‘lga
kiritilgan yangi
ishlanmalar va texnologiyalarni, etuk pedagoglarning ilg‘or ish tajribalar amaliyotini tatbiq
etishga qodir bo‘lishi;
—g‘oyaviy, siyosiy, pedagoglik saviyasi va bilimlarini oshirish ustida tinimsiz
ishlash ko‘nikmasini egallagan bo‘lishi zarur.
Nazoratchi-uslubchi har uch yilda malaka oshirish kurslarida o‘z malakasini oshiradi.
Maktabgacha ta’lim
tashkilot
lari ishining barcha bo‘limlarini samarali boshqarish
uchun nazoratchiuslubchi o‘z ishini aniq va puxta o‘ylangan reja asosida, keng
jamoatchilikka tayangan holda amalga oshirishi kerak.
Nazoratchi-uslubchi aholining maktabgacha ta’lim
tashkilot
lariga bo‘lgan
talabini
qondirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Shu maqsadda u maktabgacha ta’lim
muassasalari tarmog‘ini kengaytirishning kundalik va istiqbol rejalarini tuzishda ishtirok
etadi va yangi muassasalarning foydalanishga topshirilishini muntazam nazorat etib
boradi. Nazoratchi uslubchi maktabgacha ta’lim muassasalarining samarali faoliyat
yuritishiga harakat qiladi, ayniqsa, qishloqda maktabgacha ta’lim
muassasalari
qurilishiga, ularning moddiy bazasining yaxshilanishiga alohida e’tibor qaratadi.
Nazoratchi-uslubchi moliya masalalarini tushunishi, maktabgacha ta’lim
tashkilot
larini
jihozlash, bolalarni ovqatlantirishga oid me’yoriy hujjatlarni bilishi, muassasa faoliyati
uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida berilishi va to‘g‘ri sarflanishini muntazam
tekshirib turishi, bu borada markazlashtirilgan buxgalteriya
bilan hamkorlikda ishlashi
kerak.
Nazoratchi-uslubchi maktabgacha ta’lim
tashkilot
iga borganida uslubiy, tarbiyaviy va
ma’muriy-xo‘jalik ishlar holatini o‘rganadi, ilg‘or tajribani, ishdagi kamchiliklarni
aniklaydi, zarur yordam ko‘rsatadi.
U «Ilk qadam» dasturi va DT ning bajarilishini nazorat qiladi,
pedagogik kadrlar
tarkibi va joylashtirilishini o‘rganadi, ularning malakasini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqadi.
Nazoratchi-uslubchi faoliyatida ota-onalar qo‘mitasi ishiga rahbarlik qilish va aholi
o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish va ommalashtirish muhim o‘rin tutadi. Uning
bu boradagi faoliyatiningmazmuni va shakllari muayyan hudud (viloyat, shahar, tuman,
qishloq) sharoitiga muvofiq ravishda belgilanadi.
Maktabgacha
ta’limi bo‘limlariga umumiy rahbarlik bo‘lim mudiri, nazoratchi-uslubchi
tomonidan ishlab chiqilgan yillik reja asosida olib boriladi.
Rejaning kirish qismida avvalgi o‘quv yiliga tavsifnoma, qanday shaklda va qancha
maktabgacha ta’lim muassasalari qurilgani, uslubiy ishlar qay darajada yo‘lga qo‘yilgani,
qanday ilg‘or ish tajribalari umumlashtirilgani, shuningdek, amalga
oshirilgan tashkiliy-
xo‘jalik ishlari, o‘tkazilgan kengashlar va boshqa masalalar atroflicha tahlil etiladi.
Dostları ilə paylaş: