-
pedagogika fani va amaliyoti yutuqlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiya dasturlarini takomillashtirib borish;
-
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
-
bo‘ysunishidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati ustidan nazorat qilish;
-
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun kadrlar tayerlash va malakasini oshirish ishlariga
rahbarlik kilish;
-
xorijiy mamlakatlarning maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatini boshqaradigan idoralar
bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim boshqarmasi
unga topshirilgan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha vazirlikning boshqa boshqarma va bo‘limlari,
viloyat, shahar, tuman maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo‘limlari), Iqtisodiyot, Sog‘liqni
saqlash
vazirliklari, Pedagogika fanlari akademiyasi, shuningdek, qaramog‘ida
maktabgacha
ta’lim muassasalari bo‘lgan tarmoklarning tegishli bo‘linmalari bilan amaliy hamkorligi
yo‘lga qo‘yilgan.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ish mazmuni quyidagilardan iborat:
ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish;
ijtimoiy
maktabgacha
ta’lim
muassasalarini
rivojlantirishning
asosiy
yo‘nalishlarini aniqlash;
—viloyat, shahar, tuman
maktabgacha
ta’limi bo‘limlari, maktabgacha ta’lim
boshqarmalari
(bo‘limlari)
tomonidan
me’yoriy,
instruktiv,
metodik-dasturiy
hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;
—ichki mehnat tartibi to‘g‘risida nizom, yo‘l-yo‘riq va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba
uyushmalari bilan hamkorlikda);
—muassasalar tarmog‘i taraqqiyotining istiqboli, yillik, xalq xo‘jaligi va davlat rejalarini
tuzishda, kapital qurilish, kadrlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat
qilishda ishtirok etish, namunaviy binolar
loyihasini ishlab chiqish, muassasalarning
uskunalar va o‘quv-ko‘rgazma qo‘llanmalariga bo‘lgan talabini aniqlash;
—bolalar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish,
uning
bajarilishini nazorat qilish;
—ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining ishini tashkil etish;
—maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida to‘plangan ilg‘or xorijiy
tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
—mehnatkashlarning arizalari, xat va shikoyatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul
qilish va hokazolar.
Viloyat, shahar boshqarmalari bevosita
Maktabgacha
ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi.
Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlarida maktabgacha ta’lim sektori mavjud bo‘lib,
u mazkur hududda joylashgan muassasalar faoliyatini boshqaradi, ularning ishini nazorat
qiladi, pedagog xodimlar malakasini oshirish tadbirlari ham ular zimmasidadir.
Tuman
xalq ta’limi bo‘limi shu hududda joylashgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, ular
qaysi idora va tashkilotlarga bo‘ysunishidan qat’i nazar, nazorat etadi.
Dostları ilə paylaş: