SciELO Citation Index (1997-yildan hozirgi vaqtgacha). Lotin Amerika, Portugaliya, Ispaniya va Janubiy Afrikadagi eng yaxshi ochiq jurnallarda nashr etilgan ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’atga oid ilmiy adabiyotlardan erkin foydalanish imkonini beradi.
WOS CONFERENCE PRCDGS
Conference Proceedings Citation Index — FAN (CPCI-S) bu fan va texnikaning yetakchi sohalari bo‘yicha konferensiya materiallari manbasining ko‘rsatkichidir:
Qishloq xo‘jaligi
Bioximiya
Biologiya
Biotexnologiya
Ximiya
Informatika
Texnika
Atrof-muhit haqidagi fan
Meditsina
Fizika
1990-yildan to hozirga qadar
Conference Proceedings Citation Index - ijtimoiy va gumanitar fanlar (CPCI-SSH) - bu quyida keltirilgan ijtimoiy, gumanitar va san’at sohasiga oid konferensiya materiallarini manbalarini ko‘rsatkichidir:
San’at
Iqtisod
Tarix
Adabiyot
Menejment
Falsafa
Psixologiya
Sog‘liqni saqlash
Sotsiologiya
WOS MEDLINE 1990-yildan hozirgi vaqtga qadar AQSHning National Library of Medicine ning asosiy ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. U biologiya fanlari, shu jumladan, ayniqsa, biomeditsina sohasiga oid jurnal maqolalarining 12 milliondan ortiq yozuvlarini taqdim etadi. MEDLINE yozuvlari NLM va hamkorlar tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, to‘liq matnli manbalarga havolalari mavjud.
MEDLINE dagi asosiy manba nashrlari biomeditsina va klinik meditsina tadqiqotlariga oid. Asosiy sohalari: stomatologiya, veterinariya, farmasevtika, davolash ishi va klinikagacha bo‘lgan fanlar. 1950-yildan to hozirgi vaqtga qadar. Shuningdek, MEDLINE biomeditsina sohasiga oid amaliyotchi mutaxassislar, tadqiqotchilar uchun zarur bo‘lgan biologiya, ekologiya, dengiz biologiyasi, o‘simlikshunoslik va zootexnika, shuningdek, biofizika va ximiyaga oid fanlarni ham qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: |