3.2.2. Sxema kirishiga to’g’ri burchakli impulslarning musbat ketma-ketligi generatorini ulang. Generator “DLIT” rezistori yordamida o’zgartiriluvchi, 200 mks.dan 1000 mks. gacha bo’lgan oraliqda, uzunligi bo’lgan to’g’ri burchakli musbat impulslarni ishlab chiqaradi. Impulslar amplitudasi oraliqda sozlanadi. Generatorning chiqish qarshiligi 5,0 Om. Generator chiqishi 30 sekunddan ko’p bo’lmagan vaqtga qisqa tutashuvdan himoyalangan. 3.2.3. Generator chiqishida davomiyligi ( kFz chastotaga mos keladi) va amplitudasi bo’lgan kuchlanishni o’rnating. 3.3. Kirish kuchlanishi bipolyar arrasimon impulslarning davriy ketma-ketligi ko’rinishida bo’lgan passiv differentsiallovchi RC-zanjir tadqiqoti 3.3.1. 7.6-rasmdagi sxemada musbat to’g’ri burchakli impulslar kuchlanishi manbaini bipolyar arrasimon impulslar kuchlanishi manbai bilan almashtiring. Natijada 7.7-rasmda keltirilgan sxema hosil bo’ladi.
ossillograf
7.7-rasm. Musbat bipolyar uchburchakli kuchlanish ta’siridagi RC-DZ tadqiqotining sxemasi Bu generator 0 ga nisbatan simmetrik arrasimon kuchlanishni ishlab chiqaradi. U 1,5 kuchlanishli sozlanmaydigan amplitudaga ega. Arrasimon kuchlanishning qiyaligi o’zgaruvchan rezistor «DLIT» yordamida o’zgartiriladi. Genratorning chiqish qarshiligi 1000 Ω. Chiqish klemmalari qisqa tutashuvdan chegaralanmagan davomiylikda himoyalangan. Manbaning ichki qarshiligini hisobga olish uchun R qarshilik dastlabki hisob natijasida olingan qarshilikdan 1000 Ω ga kichik bo’lishi kerak. Ostsillograf ekranidan D3 kirishidagi va chiqishidagi kuchlanish grafiklari u1(t) va u2(t)ni 3.1 bandda ko’rsatilgan 3 ta R-1000 qarshilik qiymatlarida chizib oling.