7-laboratoriya ishi bank tizimida axborot tizimalri Ishning maqsadi Ishdan maqsad


Bank elektron tizimiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü93,5 Kb.
#185711
1   2
7 Laba

Bank elektron tizimiga qo’yiladigan talablar.
Kompyuter tizimiga talablarni ifodalashdan avval tizimdan kim foydalanishi, bundan kim foyda olishi, tizimda qanday axborot ishlanishini aniqlab olish zarur. Agar komp’yuter tizimi kutubxona kitobxonlariga xizmat ko’rsatishni avtomatlashtirish uchun tashkil etilsa, aviachiptalar sotishni avtomatlashtiruvchi tizimga qaraganda boshqaroq talablar qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan bank elektron taxlil qilamiz. Tizim foydalanuvchilari bank xodimlari bo’lib, ular hisoblash texnikasi va informatika bo’yicha mahsus kasbiy ta’limga ega emas. Ular uchun komp’yuter asosiy ishi uchun qo’shimcha yordamchi instrument. Shuning uchun asosiy talablardan biri – nokorrekt harakatlardan himoyalanganlik (nokorrekt arakat deganda mutaxassislar tizim dasturiy ta’minotidagi nuqtai nazaridan xato hisoblangan apparatura va harakatlanish, masalan, boshqa tugmani bosish tushuniladi). Lekin ayni vaqtda bunday tizimlar foydalanuvchi bilan do’stona interfeysga ega bo’lishi, ya’ni foydalanuvchilar uchun maksimal tushunarli va qulay bo’lishi lozim. Bank tizimlarida saqlanuvchi va qayta ishlanuvchi axborot o’zida real pullarni aks ettiradi. Bank tizimlaridagi axborot katta sondagi odamlar va tashkilotlar - bank mijozlari manfaatlariga aloqadordir. Qoida bo’yicha u konfidentsial va bank o’z mijozlari oldida talab qilingan darajadagi mahfiylikni ta’minlash uchun javobgarlikka ega bo’ladi. Tabiiyki, mijoz bank uning manfaatlari haqida qayg’urishi shartligini ko`tishga haqli, aks holda bundan kelib chiqadigan oqibatlar tufayli bank o’z nufo`zini yo’qotadi. Shuning uchun bank tizim turli to’xtalish va qasddan harakatlardan maksimal himoyalangan bo’lishi lozim.
Axborot texnologiyalardan foydalanish strategiyasini metodlar belgilaydi, ular yordamida zamonaviy biznes va bu o’zgarishlarni boshqarish yo’llari o’zgartiriladi. Zamonaviy bank faoliyatining foydaliligi ko’p jihatdan yuqori boshqaruvning o’z vaqtida va to’liq axborot bilan ta’minlanishiga bog’liq. Axborot boshqaruvi tizimi bankning o’z faoliyatidagi haqiqiy yordamchilari bo’lib, bozordagi holat bank operatsiyalari foydaliligi, mijozlar hisobi holati va boshqalarga oid axborotlarni ta’minlaydi. Ular yordamida olingan axborotlar bank tomonidan mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash va shaxsiy maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.
Shuningdek banklarga faoliyat risklilik darajasi haqida doimiy axborot ham zarur. Riskni baholash – zamonaviy texnologiyalar yordamida tubdan o’zgartirish mumkin bo’lgan jarayon. O`nga kredit stavkalari, valyutalar kursi, mijozlarning kreditga qobilligini baholay oladigan «intellektual» tizimlar jalb etilishi mumkin. Bunda ehtimoliy ta’sirlar va ularning natijalariga nisbatan tavsiyalar berib boriladi. Kompyuter tizimi hajmi va murakkabligidan qat’iy nazar uchta komponentdan tashkil topadi texnik ta’minot, dasturiy ta’minot, axborot ta’minoti.
Bu uch komponent majmuaviy tarzda axborot texnologiyasini belgilab beradi.
Axborot texnologiyasi deganda hisoblash texnikasi vositalarini qo’llash asosida axborotni qayta ishlash, qidirish, to’plash, saqlashning metod a usullari tushuniladi. Axborot texnologiyasi birdaniga emas, balki bo’lib-bo’lib iste’mol qilinuvchi ixtiyoriy tovar yoki hayotiy omil singari o’ziga tegishli hayot sikliga ega.
Axborot texnologiyalari hayot sikli rasmda tasvirlangan.
Savdo hajmi
Vaqt
Rasm. Axborot texnologiyalarining hayot sikli.
Rasmda ko’rinib turibdiki, hayot sikli davomida texnologiyalardan foydalanish hajmi va o`nga talab o’zgarmaydi. Odatda hayot siklining besh davri ajratiladi.
Birinchi davr – berilgan texnologiyaning tug’ilishi. uning tarqalishi katta emas, lekin samaradorlik ma’lum, shuning uchun foydalanish ko’lami ortib boradi.
Ikkinchi davrda – texnologiyaga talab barqaror va taklifdan o’zib ketadi. Bu o’sish tezlashuvi fazasi.
Uchinchi davr – o’sish sekinlashuvi davri, chunki taklif asta-sekin talabni ortda qoldiradi.
To’rtinchi davr – Etuklik davri, talab to’yinganligiga erishiladi.
Beshinchi davr – bu davrda pasayish yo`zaga kelib, berilgan texnologiyaga talab pasayadi va uning o’rniga boshqa, yanada samarali, jamoatchilik ehtiyojini yaxshiroq qondiruvchi texnologiya keladi.
Shunday qilib, muayyan texnologiyaga talab to’yinishi va pasayishi – iqtisodiy rivojlanishning qonuniyati. Bu fazalarda berilgan texnologiyadan foydalanayotgan ishlab chiqaruvchilar muhim qaror qabul qilishi kerak: yangi texnologiyaga o’tish yoki eskiiga butun imkoniyatlaridan foydalanib, keng qamrab olishga erishish masalasi hal etiladi.
Bank elektron tizimi yaratuvchilari texnologiyalarining haridorlari sifatida gavdalanadi va EHM hamda boshqa jihozlar turlari va modellarini tanlaydilar. Keng miqyosli tizim yaratishda foydalanayotgan texnologiya istiqbolliligi vaqtincha o’rinlardan birini egallash lozim.
Texnologiyalar hayot sikli qisqaroq hayot sikli qisqaroq hayot sikliga ega bo’lgan mahsulot (tovar)lar bilan tutib turiladi. Masalan, foydalanuvchining ish joyida axborot-hisoblash xizmatlari taqdim etish texnologiyasini qator mahsulotlar
– IBM AT-3865 X IDX, IBM AT 486 sxIDX, Pentium, lokal hisoblash tarmoqlari ishchi stantsiyalari, mini EHM terminallari va boshqalar tutib turadi
(qo’llabg’quvvatlaydi).
Ko’rib chiqilgan siklik qonuniyatlar kompyuter tizimining barcha komponentlari uchun adolatli. Ularning loyihalashda, xususan hozirgi hisoblash texnikasi vositalari amalda to’liq xorijdan keltirilayotgan paytda ularni nazarda to`tish zarur.
Doimiy ravishda ortda qolmaslik uchun tizimga o’rnatilishi taxmin qilinayotgan kompyuter yoki dasturiy paketi hayot siklining qaysi bosqichida ekanligini bilish zarur. Ishlab chiqaruvchi uchun texnologiyaning foydali umri texnologik taraqqiyot pastroq darajada bo’lgan boshqa mamlakat bozoriga o’tkazish hisobiga o`zaytirilishi mumkin. Bu bizning davrimizda shaxsiy EHMlarmiqyosida to’la namoyon bo’ladi. Sir emaski, texnologiyalar bozoridagi yirik ishlab chiqaruvchilar 1992 yilda i286 tipdagi, 1993 yilda esa i386 tipdagi mikroprotsessorlar bazasida shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishni to’xtatgan bo’lsa, bu mahsulotlardan Rossiya va O’zbekistonda professional shk sifatida yuqori talab bilan ko’p vaqt foydalanilgan. Bu bilan jahon bozorida pasayish fazasida bo’lgan texnologiyalar arzonlashuv evaziga hayot sikli va foydaliligini yaratishda uning uchun ko’rib chiqilayotgan texnologiyalar, texnik vositalar va dasturiy ta’minot hayot siklining qanday fazasida ekanini bilish zarur.
4. Bank elektron tizimining axborot ta’minoti bank elektron tizimi kompaniyalari tahlilini axborot ta’minotidan boshlaymiz.
Axborot ta’minoti – foydalanuvchilar samarali ishlashi uchun zarur va etarli barcha axborotlarning tizimda saqlanishi hamda taqdim etilishidir.
Ko’rsatilgan axborotni ko’plab usullarda sinflarga bo’lish mumkin, jumladan: - asosiy va qo’shimcha; - matn va raqamli.
Asosiy axborot predmeti sohadagi ob’ektlarni tavsiflaydi, unda kompyuter tizimidan foydalaniladi (bizning holatda, bank sohasi).
Tizimda asosiy axborotni yoki uni qayta ishlash algoritmlarini tasvirlovchi qo’shimcha axborot ham mavjud bo’ladi. Predmetli sohadagi ob’ektlar turli usullar bilan tavsiflanishi mumkin. Iqtisodchilarni qoida bo’yicha ob’ektlarning miqdoriy tavsifi, ya’ni raqamli axborot qiziqtiradiyu Ayni vaqta iqtisodiy makondagi o’zaro aloqalar va munosabatlar matn bilan – boshqaruv ta’siri hisoblanuvchi qonunlar, hukumat qarorlari, yo’riqnomalar bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, tizim foydalanuvchilari o’zaro erkin matn xabarlari, so’rovnomalar va o’z faoliyatiga taalluqli xatlar almashtirishlari mumkin.
Bankni muvaffaqiyatli axborotlashtirish uchun bank axborot modelini qurish va uning tahlilini bajarish zarur.
Hatto tayyor dasturiy mahsulot sotib olganda ham muayyan bank xususiyatini tushunish lozim. Bu bilan harid qilinayotgan tizim imkoniyatini to’g’ri baholash mumkin bo’ladi.
Axborot modeli tarkibida quyidagi mohiyatlar tavsifi mavjud:

  • boshqaruv tizimining real ob’ektlari

  • ob’ektlar o’rtasida va tashqi muhit bilan axborot aloqasi;

  • axborot aloqalariga mos ravishda uzatilayotgan hujjat yoki massivlar; - uzatilayotgan axborot hajmi va almashuv seanslari chastotasi.

Axborot modelini taqdim etishning shakli bo’lib graf. xizmat qiladi. Ularning yuqori nuqtasi axborot bloki hisoblanib, tizim ob’ektlariga mos keladi va qora quti sifatida, ya’ni axborotni qayta ishlash jarayonlar tavsifisiz ko’rib chiqiladi.
Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin