7-ma’ruza: didaktika ta’lim nazariyasi. Pedagogik jarayon. Ta’lim tamoyillari va qoidalari. (2 Soat)


Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi



Yüklə 96,11 Kb.
səhifə5/29
tarix28.11.2023
ölçüsü96,11 Kb.
#169254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
7-ma\'ruza PVP

Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. O’rtaasrning buyuk adibi Alisher Navoiyning turkiyzabon xalqlar, xususan o’zbek xalqining ma’naviy ravnaqi yo’lidagi mamlakat obodonchiligi, el-yurtning farovonligi yo’lidagi faoliyati beqiyosdir. Mirzo Muhammad Haydarning yozishicha, Navoiyning har yilgi daromadi o’n sakkiz ming “shohruhiy” dinorga teng bo’lgan. Bu mablag’ning deyarli hammasini u xayrli ishlarga, shu jumladan jamoat qurilishlariga sarf etgan. U birgina Hirot shahri yaqinida Injil anhori bo’yida bir qancha binolar: “Ixlosiya” madrasasi, uning qarshisida“Xolisiya” xonaqohi, “Qudsiya” jome’ masjidi, “Shifoiya” davolash uyi, “Safoiya” hammomi, va ular qoshiga toshhovuz qurdiradi. Binokorlik ishlari Hirotning qator mohir me’mor, muhandis, banno va naqqoshlari tomonidan bajariladi. “Ixlosiya” madrasasi va “Xolisiya” xonaqohida bir necha ming kishi istiqomat qilib, fan, adabiyot va san’at bilan mashg’ul bo’lgan. O’sha davr tarixchisi Xondamirning yozishicha “Xolisiya” xonaqohida har kuni zaifa saqlab qolish, fursat boy berilgan davrlarda esa istiqlol uchun xalqimiz birdamlik bilan oyoqqa turdi, “yo hayot, yo mamot” shiori ostida qahramonona kurashdi.
Navoiyning oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari. Mudarris kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa vaolg’irlik uchun gap-so’z va g’avg’o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasaayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. ... Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida vaodat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir”.
“Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashgaojizlik qilardi, u esa bir to’da bolaga ilm vaadab o’rgatadi, ko’rkim bunga nimaetsin. Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar bo’ladi, unday kishigayuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. Har qanday bo’lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsaarziydi.
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas adooning haqin yuz ganj ila.

Yüklə 96,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin