26. “Farhod va Shirin” dostonida Navoiyning qanday orzusi ifodalanagan? A) komil inson haqidagi orzusi B) adolatli podsho haqidagi orzusi C) dunyoviy muhabbat haqidagi orzusi D) hech qanday orzu ifodalanmagan
27. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostoni Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi? A) “Layli va Majnun” B) “Farhod va Shirin” C) “Sab’ai sayyor” D) “Saddi Iskandariy”
28. Bobur “Boburnoma” asarida Andijon tasvirini keltirayotganda musiqa ilmida mashhur bo‘lgan kishi nomini keltirib o‘tadi. Ushbu zot nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Yusuf Xoja B) Xoja Ismoil Xartang C) Imom al-Buxoriy D) Ulug‘bek
29. “Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami mevasi xo‘b bo‘lur. Vale’ ikki meva Samarqanddin mashhurdir” “Boburnoma”dan olingan yuqoridagi parchada qaysi mevalar haqida gap bormoqda? A) sebi Samarqand, sohibi Samarqand B) noshvoti va uzum C) qovun va uzum D) olma va anor
30. Bobur “Boburnoma”da qayerga to‘qqiz ariqdan suv kirishini va bittasini ham chiqib ketmasligini aytib o‘tadi? A) Farg‘ona B) Andijon C) Samarqand D) Xiva
31. Bobur “Boburnoma”da qayerning yetti shaharchasi borligini ta’kidlaydi? A) Farg‘ona B) Andijon C) Samarqand D) Xiva
32. Memuar asarlarning qanday turlari ko’proq uchraydi? A) ilmiy va badiiy B) tarixiy va ilmiy C) publitsistik va tarixiy D) badiiy va tarixiy
33. O‘zbek adabiyotidagi memuar asarlarning nodir namunasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Oybek “Bolalik”, G‘.G‘ulom “Shumbola” B) A.Qahhor “O‘tmishdan ertaklar”, Jonatan Svift “Guliverning sayohatlari” C) Oybek “Bolalik”, A.Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” D) barchasi
34. Mashrab hayotiga oid so‘ngi ma’lumotlar bizgacha qaysi asar orqali yetib kelgan? A) Bog‘istoniyning “Tazkirai qalandaron” asari orqali B) Jaloliddin Yusupovning “Mehribonim qaydasan” asari orqali C) Mashrabning “Mabdai nur”, “Kimyo” asarlari orqali D) Dilshodi Barnoning “Tarixi muhojiron” asari orqali