7-ma’ruza: Marketing dasturi Reja



Yüklə 70,44 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü70,44 Kb.
#204714
1   2   3   4   5   6
7 2 soat

Marketing rejasi — bu marketing faoliyatining barcha turlarini korxonaning maqsadlari, uning resurslari, kadrlar imkoniyati, tashkiliy tuzilishiga muvofiq birlashtirishga imkon beruvchi tashkiliy-boshqaruvchilik hujjatidir. Korxona kelajak haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak, degan fikr mavjud. Bu tasavvur asosiy strategik yo‘nalishni belgilaydi, tafsilotlar esa oldinga harakatlanish davrida ishlab chiqiladi. Shuning uchun marketing rejasi hal qiladigan vazifalardan kelib chiqqan holda uning korporativ rejadagi vaziyati muvofiqlashtiruvchi rol o‘ynaydi.
Marketing rejasi odatda kirishdan boshlanadi, unda maqsadlar va ularni hayotga tadbiq qilish bo‘yicha tadbirlar bayon qilinadi (3-jadvalga qarang). Bozor vaziyati va uning istiqbollari bo‘limida taqdim qilingan axborot asosida bozor, tovar, raqobatchilar va tovarlarni tarqatish tahlil qilinadi. Korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlarini tahlil qilishdan maqsad tovarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy xavflar va imkoniyatlarni tasvirlashdir. Moliyaviy va marketing maqsad va vazifalari bo‘limida mazkur tovar bo‘yicha korxonaning vazifalari ifodalanadi. Shu jumladan, sotilishlar hajmi, bozor ulushi, sof foyda, narxlar darajasi ko‘rsatkichlari, shuningdek, shu vazifalarni bajarish vaqtida korxona duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar ham yoritiladi. Marketing strategiyasi rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun foydalanadigan umumiy marketing yondashuvidan iborat. Harakatlar dasturlari nima, kim tomondan va qachon amalga oshirilishini va buning qiymati qancha bo‘lishini belgilaydi. Byudjetlar — bu kutiladigan harajat va daromadlar. Ular mazkur rejaning bajarilish natijalarini oldindan moliyaviy baholashga imkon beradi va, nihoyat, nazorat va tartiblashtirish rejaning bajarilishi qanday nazorat qilinishi va rejadagi xatti-harakatlar o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlar qanday amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
Rejani amalga oshirish uchun javobgarlik marketing xizmatiga yuklatiladi. Bunda marketing rejasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asosiy tadbirlar va vaziflarni belgilab beradigan harakatlar dasturi, shuningdek, rejalashtirish, axborot olish, byudjetni tuzish, mehnatga haq to‘lash, rag‘batlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar muvofiqlashtiriladigan qarorlar va rag‘batlashlarni qabul qilish tizimi eng muhim bo‘lib hisoblanadi2.



Yüklə 70,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin