7-mavzu. Amaliy dasturlarning kasbiy soxalarda qo‘llanilishi


Microsoft Excel dasturi ishchi stoli ko‘rinishi



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə2/6
tarix26.09.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#149005
1   2   3   4   5   6
7-maruza Kt va DT

Microsoft Excel dasturi ishchi stoli ko‘rinishi
Dastur ishga tushishi bilan yangi hujjat tayyorlab, uni «Kniga1» deb nomlaydi. Unda uchta «List1», «List2» va «List3» sahifalar hosil qilinib, foydalanuvchi uchun havola etiladi. MS Excel ishchi sohasi jadval ko‘rinishidagi varoq bo‘lib, uning satrlari 1,2,3,… arab raqamlari bilan,ustunlari esa A,B,C,D,…, AB,…, IV kabi lotin alfaviti va rim raqamlari yordamida belgilangan. Kiritilgan jadval ustida ishlash (uni kompyuter xotirasiga yozib qo‘yish, kerak paytda chaqirib olish, printerdan chiqarish va hokazolar) uchun «Standartnaya» panelida joylashgan quyidagi tugmalar orqali amalga oshiriladi:



Qator yoki ustunlarning kengligini o‘zgartirish
Excelda qatorlarni 1,2,3 …. lar bilan belgilab qatorlar sarlavxasi hosil qilingan. Shu qatorlar sarlavxasidan kerakli qator ostidagi chiziqqa sichqoncha ko‘rsatkichi keltiriladi va uning ko‘rinishi o‘lchov o‘zgartirish holatiga kelganda uning chap tugmasini bosib turib, kerakli tomonga qarab to kerakli joygacha sudrab olib boriladi.
Ustunlarning kengligini o‘zgartirish ham xuddi shu tartibda bo‘lib, faqat ustunlar sarlavxasidan o‘zgartiriladi. Quyida A ustun kengaytirilgan:



Kataklarni belgilash
Kataklarni belgilash uchun sichqonchani belgilash boshlanadigan joyga keltirib uning chap tugmasini bosib turib kerakli joygacha sudrab borishimiz kerak. Yoki kursorni belgilanish boshlanadigan joyga keltirib, tugmasini bosib turib «strelka»li tugmalar orqali kerakli joygacha belgilanadi.
Masalan: B3 katagidan E5 katagigacha belgilash kerak bo‘lsa, kursorni B3 katagiga keltirib tugmasini bosib turib, «strelka»li tugmalar orqali E5 katagiga boramiz va kerak bo‘lgan belgilashni hosil qilamiz.
Agar shu belgilashga G1 dan G3 gacha bo‘lgan kataklarni ham qo‘shish kerak bo‘lsa Ctrl tugmasini bosib turib, sichqoncha orqali G1, G2, G3 kataklarni unga qo‘shamiz va biz belgilagan kataklar B3 - E5, G1-G3 kataklar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Agar B,C,D va G ustunlarni belgilamoqchi bo‘lsak, u holda ustunlar sarlavxasidan B ustun ustiga borib sichqonchaning chap tugmasini bosib turib D ustunigacha va G ustunini belgilaymiz va quyidagi ko‘rinishni hosil qilamiz.

Agar 2,3,4 va 6 qatorlarni belgilamoqchi bo‘lsak, u holda qatorlar sarlavxasidan 2 qator ustiga borib sichqonchaning chap tugmasini bosib turib 4 qatorigacha olib boramiz va Ctrl tugmasini bosib turib qatorlar sarlavxasidan 6 qatorini belgilaymiz va quyidagi ko‘rinishni hosil qilamiz.






Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin