7-mavzu. Amaliy dasturlarning kasbiy soxalarda qo‘llanilishi. Reja
Axborotlarni taxlil qilish uchun elektron jadvalfdan foydalanish
Elektron jadvalda funksiyalar, formulalar, ma’lumotlarni saralash va filtrlash.
Taqdimotlarni loyixalash va jixozlash texnologiyasi.
Nashriyot tizimida qo‘llanilarigan Pagemaker dasturi va uning imkoniyatlari .
Tayanch tushunchalar:Elektron jadvallar, formulalar, funksiyalar, ma’lumotlarni saralash, filtrlash,taqdimot.
7.1.Axborotlarni taxlil qilish uchun elektron jadvalfdan foydalanishElektron jadvallar deb jadvallarni qayta ishlashga moijallangan ADP elektron jadvaliga aytiladi. Jadvaldagi ma’lumotlar ustun va qatorlar kesishgan joydagi katakchalarda saqlanadi. Bu katakchalarda sonlar, ramziy ma’lumotlar va formulalar saqlanishi mumkin. Formulalar bir katakchadagi narsani boshqasidan mustaqil tutadi. Bu sinfdagi eng ommabop ADP larga: Microsoft Excel, Lotus 1-2-3, Quattro Pro va boshqa shu kabi mahsulotlar kiradi. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o‘zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko‘lamli masalalarni yechishda qo‘llaniladigan o‘ta quvvatli vosita hisoblanadi.
Microsoft Excel dasturini ishga tushirish Microsoft Excel – universal jadval muharriri bo‘lib, unda jadvallar kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu jadval muharririda boshqa formatda yaratilgan fayllarni import qilish imkoni berilishi bilan bir qatorda o‘zida yaratilgan jadvallarni Officening boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko‘rinishida va boshqa ko‘rinishlarga eksport qilish imkoni ham berilgan.
Jadvallar tayyorlashda qulayliklari juda katta bo‘lgan zamonaviy dasturlardan biri - Microsoft Excel da tayyorlanadigan jadvalda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplar va hokazolarni qo‘yish imkonini berilishi bilan birga ko‘pgina tayyor formulalar orqali kerakli hisob-kitoblarni amalga oshirish qulayliklari berilgan.
Odatda Microsoft Excel dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Pusk»—«Vse programmы»—«Microsoft Office»—«Microsoft Excel»nomli qismi ishga tushiriladi.