7-mavzu. Amaliy dasturlarning kasbiy soxalarda qo‘llanilishi


Joriy yoki belgilangan katakning formatini o‘zgartirish



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə3/6
tarix26.09.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#149005
1   2   3   4   5   6
7-maruza Kt va DT

Joriy yoki belgilangan katakning formatini o‘zgartirish
Excelda katta-kichik, qalin, kursiv, osti chizilgan va hokazo formatlardagi matnni yozishimiz mumkin. Buning uchun yozadigan matnimiz yoki belgilangan matn uchun formatni «Formatirovanie» panelidagi tugmalar orqali tanlashimiz kerak.



7.2. Elektron jadvalda, formulalar, funksiyalar, ma’lumotlarni saralash va filtrlash
MS Excel dasturida formula yozish
Excelda formula aktiv katakka “=” belgisini yozish bilan boshlanadi.
Misollar:
C7 katagi B1 katagida yozilgan qiymatga teng bo‘lsa uni ikkinchi marta kiritib o‘tirmasdan C7 katagiga kursorni o‘rnatib “=B1” deb kiritsak, Excel C7 katagi B1 katagi qiymatiga tengligini tushunadi va B1 katagidagi yozuvni takrorlaydi.
C10 katagida B10 katagining 25 foizini yozish kerak. C10 katagiga kursorni o‘rnatib “=B10*25/100” ni kiritsak, u B10 ning 25 foizini C10 katagiga yozadi. Keyinchalik B10 ning qiymatini o‘zgartirganda, avtomatik C10 ning qiymati ham mos ravishda o‘zgaradi. SHu tartibda ixtiyoriy matematik amallarni bajarish mumkin.
YUqoridagi misolda C10 katagida B10 katagining 25 foizini yozdik deylik. Endi, C11 ga B11 ning , C12 ga B12 ning … C20 ga B20 ning 25 foizini yozish kerak bo‘lsa, sichqoncha yordamida C10 katakdagi formuladan C11… C20 gacha nusxa ko‘chirish kifoya:



MS Excel dasturining standart funksiyalaridan foydalanish
MS Excel dasturining o‘zida standart matematik, moliyaviy, statistik va boshqa formulalar o‘rnatib qo‘yilgan. Ulardan foydalanish tartibi quyidagicha: «Standartnaya» panelidan tugmasi bosiladi va quyidagi «Master funksiy» oynasi hosil bo‘ladi:

Bu oynaning «Kategoriya» bandidan kerakli mavzu tanlanadi, funksiya bandidan esa kerakli funksiyani tanlab OK tugmasi bosiladi. Masalan «Kategoriya» bandidan «Matematicheskie» qismi tanlanib, «Funksiya» bandidan esa «COS» funksiyasi tanlanib Ok tugmasi bosilsa, quyidagi oyna hosil bo‘ladi.

Bu oynaning «chislo» qismiga istagan sonning kosinusini hisoblash kerakligini yozamiz yoki tugmasini bosib qaysi katakda yozilgan son kosinusi hisoblanishi kerakligini ko‘rsatamiz.
Joriy (kursor o‘rnatilgan) katakda yuqoridagi funksiya javobi hisoblab yoziladi. Katakda funksiya javobi ko‘rinadi.



Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin