040-satr «Davr xarajatlari, jami»da avtotransport korxonasi davr xarajatlarining umumiy summasi koʻrsatiladi. Bu satrda koʻrsatilgan summa mos ravishda 050- satr «Sotish xarajatlari», 060-satr «Ma’muriy –boshqaruv xarajatlari», 070-satr «Boshqa operatsion xarajatlar» va 080-satr «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari»da koʻrsatilgan summalarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim. Hisobotning 050- 080-satrlarini toʻldirishga davr xarajatlarini alohida turlari hisobi uchun moʻljallangan mos ravishdagi 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «Ma’muriy- boshqaruv xarajatlari» 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» 9440 «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» schyotlarning debet oboroti summalari asos boʻladi. Davr xarajatlari summalari hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
090-satr «Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari»da avtotransport korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlari aks ettiriladi. Bu satrni toʻlgʻazishga asos boʻlib asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi uchun moʻljallangan schyotlarning (9310-9390 schyotlar) kredit oboroti summalari hisoblanadi. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobotning «Daromadlar» ustunchasida koʻrsatiladi.
100-satr«Asosiyfaoliyatningfoydasi(zarari)»da avtotransport korxonasining asosiy faoliyatdan olgan foydasi yoki koʻrgan zarari koʻrsatiladi. Hisobotning ushbu satri summasi uning 030-satri summasidan 040-satrdagi summani ayirish, shuningdek 090 satrda koʻrsatilgan summani qoʻshish orqali topiladi. Avtotransport korxonasining asosiy faoliyatdan olgan foydasi hisobotning «Daromadlar» ustunchasida, koʻrgan zarari esa uning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
110-satr«Moliyaviyfaoliyatningdaromadlari,jami»da avtotransport korxonasining hisobot davrida moliyaviy va investitsiya faoliyat turlaridan olgan daromadlarining umumiy summasi koʻrsatiladi. Bu satrda koʻrsatilgan summa mos ravishda 120- satr «Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar», 130-satr «Foizlar koʻrinishidagi daromadlar», 140-satr «Uzoq muddatli ijara (lizing)dan daromadlar», 150-satr «Valyuta kursi farqidan daromadlar» va 160-satr «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari»da koʻrsatilgan summalarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim. Hisobotning 120- 160-satrlarini toʻldirishga moliyaviy faoliyatga doir daromadlarning alohida turlari hisobi uchun moʻljallangan mos ravishdagi schyotlarning (9510-9590 schyotlar) kredit oborotlari summalari asos boʻladi. Moliyaviy faoliyatga doir daromadlar hisobotning «Daromadlar» ustunchasida aks ettiriladi.