250-satr«Daromad(foyda)soligʻi) umumdavlat soliqlarini toʻlovchi avtotransport korxonalari tomonidan toʻlgʻaziladi. Ushbu satrni toʻlgʻazishga
«Daromad (foyda) soligʻi hisob-kitobi» asosida hisoblangan hamda 9810
«Foydaning daromad (foyda) soligʻi uchun ishlatilishi» schyotining debet oborotida koʻrsatilgan summa asos boʻladi. Hisoblangan daromad (foyda) soligʻi summasi hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
260-satr«Foydadanboshqasoliqlarvayigʻimlar» satri turli maqomdagi avtotransport korxonalarida turlicha toʻlgʻaziladi. Chunonchi, umumdavlat soliqlarini toʻlovchi avtotransport korxonalari ushbu satrda hisobot davrida hisoblangan obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi summasini «Xarajatlar» ustunchasida koʻrsatadilar. Ixchamlashtirilgan soliq rejimida faoliyat yurituvchi avtotransport korxonalari bu satrda aylanmadan olinadigan soliqni aks ettiradilar. Satrni toʻlgʻazishga asos boʻlib umumdavlat soliqlarini toʻlovchi avtotransport korxonalarida «Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobi», ixchamlashtiril-gan soliq rejimida ishlovchi avtotransport korxonalari esa «Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi» ma’lumotlari, shuningdek mos ravishda ushbu hisoblangan soliq turlarini hisobi uchun moʻljallangan schyotlarning (9820, 9830 schyotlar) debet oborot summalari hisoblanadi. Hisobotda hisoblangan soliq summalari uning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
270-satr«Hisobotdavriningsoffoydasi(zarari)da avtotransport korxonalarining hisobot davrda olgan sof foydasi (zarari) aks ettiriladi. Hisobotning ushbu satri summasi uning 240-satri summasidan 250-satrda hamda 260-satrda koʻrsatilgan soliqlar summalarini ayirish yoʻli bilan topiladi. Avtotransport korxonasining hisobot davrida erishgan sof foydasi hisobotning «Daromadlar» ustunchasida, qoplanmagan sof zarar summasi esa uning «Xarajatlar» ustunchasida koʻrsatiladi.