7-mavzu: Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Reja: Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Axborotlarni kodlash



Yüklə 213,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix09.10.2023
ölçüsü213,88 Kb.
#153120
1   2   3   4   5   6
7-mavzu Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.

Axborotlarni kodlash
Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa 
ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf 
va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik 
qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin.
Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning ta'sirini sezib 
turadi. Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik, elektomagnit, nerv va hokazo) 
ko'rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog 
axborotlar deb ataladi
Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi 
va tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan 
ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga 
ma'lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni, nota belgilari 
esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, 
nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni 
qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi 
uzlukli ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi.
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan 
ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret 
axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning 
raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan 
qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar 
raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, 


fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli 
telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin.
Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar 
asosida boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. 
Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi 
uchun emas, balki axborotni maxfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning 
bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi.
 
Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo’lgan 
ko’rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir 
ma’lumotning bir ko’rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo’lgan boshqa 
ko’rinishga o’tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim 
etiladi. Kompyuter faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi 
mumkin. Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir, priborlarning 
ko’rsatkichlari va boshqalar) kompyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli formada 
tavsiflanishi kerak. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun, 
ma’lum chastotadagi tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab, 
har bir o’lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter 
dasturlari yordamida qabul qilingan ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin, masalan 
turli xil tovushlarni bir-biriga bog’lash.
Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin. 
Kompyuterga kirishda har bir harf ma’lum son bilan kodlanadi, chiqishda tashqi 
qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok etishi uchun bu sonlardan harflarning 
tasvirini hosil qiladi. Harflar to’plami va sonlarning mos kelishi belgilarni kodlash 
deyiladi. Qoidaga ko’ra kompyuterda barcha sonlar nol va bir yordamida 
ifodalanadi(insonlar qanchalik o’rganib qolishgan bo’lsa ham , o’nlik sanoq 
sistemasidan emas). Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu qurilmalarda qayta 
ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun odatda ikkilik hisoblash tizimida 
ishlaydi. Kompyuterga sonlarni kiritish va ularni o’qish uchun chiqarishda inson 
o’nlik formada amalga oshishiga o’rganib qolgan bo’lsa ham, barcha zarur 
o’zgartirishlarni kompyuterdagi dasturlar bajaradi.

Yüklə 213,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin