2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
3) quyidagi tarmoqlardagi:
3) quyidagi tarmoqlardagi:
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ikki yuz kishi;
- metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;
- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;
- fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun ko‘pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o‘zidan aniq anglashilmasa, ko‘rsatishi kerak.