Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturida quyid
1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturida quyidagilar belgilab qo’yilgan:
1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturida quyidagilar belgilab qo’yilgan:
- tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to’sqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish;
- xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish;
- barcha turdagi ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;
- xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash.
2. 2015 yilning 1 iyulidan shunday tartib o’rnatilgan:
2. 2015 yilning 1 iyulidan shunday tartib o’rnatilgan:
- mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub’ektlarida esa faqat O’zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko’p bo’lmagan tartibda amalga oshiriladi;
- moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlar o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi;
- tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so’nggi rejali tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi;
- qo’zg’atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ekt jalb etgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshiriladi;