Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Respublikaning har bir hududining rivojlanishini ta’minlashga imkon beradi. Bu borada respublika hukumati tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb etilishini rag’batlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun hudud va investitsiya hajmi nuqtai nazaridan imtiyozlar belgilangan. Agarda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari Respublikaning boshqa hududlarida joylashtirilsa, u holda quyidagi soliqlardan to’liq ozod etiladi:

yagona soliq to’lovi;
daromad (foyda solig’i);
mulk solig’i;
infratuzilmani rivojlantirish solig’i.
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida keskin farqlanishni oldini olish borasida ko’rilayotgan choralarga qaramasdan, hozirgi vaqtda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va faoliyat yuritishida hududiy nomutanosibliklar kuzatilmoqda. Bu esa o’z navbatida eksport-import operatsiyalari hajmlarida katta farqlanishni yuzaga keltirmoqda. Andijon, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahri eksport darajasi yuqori va barqaror bo’lgan hududlarga kiradi. Mazkur 3 ta hududda xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan yirik mashinasozlik, metallurgiya va to’qimachilik tarmoqlari korxonalari joylashganligi sababli ularda respublikaning barcha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar eksportining 80 foizi shakllantiriladi.

O‘zbekistonda Respublikasida sanoat tarmoqlarida mulk shakllarini o‘zgartirish va tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar natijasida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari va tashkilotlarini tahlili, 2020 holatiga sanoat sohasida korxonalar soni 81 502 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,3 % oshganligini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida sanoat korxonalari soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
Toshkent shahrida – 15 617 ta;
Farg‘ona viloyatida – 8 705 ta;
Toshkent viloyatida – 8 552 ta;
Andijon viloyatida – 8 291 ta;
Samarqand viloyatida – 6 835 tasi hududlariga to‘g‘ri kelganini ko‘rishimiz mumkin.