Milliy iqtisodiyotning real sektori sohalarining rivojlanishi ko’p jihatdan jalb etilayotgan investitsiyalarning hajmiga va bu o’z navbatida mintaqalarning investitsion jozibadorlik darajasiga bog’liq. So’nggi yillarda iqtisodiyotimiz YaIM ning o’sish darajasi o’rtacha 8,0 % ni tashkil etmoqdaki, bu barqaror o’sish aynan real sektor tarmoqlariga investitsiyalar jalb etish ko’lamining ortishi bilan amalga oshmoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan.