Respublikaga keyingi davrlarda xorijiy investitsiyalarni jalb etish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
Respublikaga keyingi davrlarda xorijiy investitsiyalarni jalb etish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yakuniy qayta ishlash imkonini beruvchi texnologiyalar (qayta ishlash, saqlash va tayyorlash) ishlab chiqarish sohasiga;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi texnologiyalar ishlab chiqarish sohasiga;
xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish yo’nalishida;
yengil sanoat mahsulotlarini yakuniy qayta ishlovchi texnologiyalar ishlab chiqarish sohasiga.
Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni amalga oshirish orqali quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy samaralarga erishiladi:
- ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish miqdor va sifat jihatdan o‘sadi;
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqdorining o‘sishi davlat budjetiga tushayotgan soliq tushumlarining ko‘payishiga olib keladi;
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligining oshishi ish haqining ortishiga va aholi farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi;
- jahon talablariga javob beradigan raqobatbardosh ishlab chiqarish orqali mamlakatning eksport salohiyati o‘sadi.
Xususiy investitsiyalar — xususiy, korporativ xo’jalik va tashkilotlar, fuqarolar mablag’lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag’lar hisobidan qo’yiladi.
Xususiy investitsiyalar — xususiy, korporativ xo’jalik va tashkilotlar, fuqarolar mablag’lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag’lar hisobidan qo’yiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash siyosati qisqa muddat ichida nafaqat yetakchi tarmoqlarni texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotda energiya samaradorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish, balki eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini berdi. Xususan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari so‘nggi o‘n bir yil davomida 8 foizdan ortiq darajada saqlanib qolayotganligi, sanoat hamda xizmat ko‘rsatish sohasi jadal rivojlanishi va xalqimiz farovonligining yanada yuksalib borishiga zamin yaratmoqda.