Ammo, o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, dunyoning turli mamlakatlarida xo`jalik yurituvchi subyektlarni kichik biznes subyektlari qatoriga kiritish mezonlari masalasida yagona fikr yo‘q. Masalan, kichik biznesning ahamiyati juda baland bo‘lgan Yaponiyada xususiy korxonalar 7 guruh (1 kishidan 4 kishigacha, 5-9, 10- 29, 30-49, 50-99, 100-299, 300-499 gacha) ga bo‘lingan.
Ammo, o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, dunyoning turli mamlakatlarida xo`jalik yurituvchi subyektlarni kichik biznes subyektlari qatoriga kiritish mezonlari masalasida yagona fikr yo‘q. Masalan, kichik biznesning ahamiyati juda baland bo‘lgan Yaponiyadaxususiy korxonalar 7 guruh (1 kishidan 4 kishigacha, 5-9, 10- 29, 30-49, 50-99, 100-299, 300-499 gacha) ga bo‘lingan.
Germaniyada ancha yirik guruhlash qo‘llaniladi (20-49, 50-99, 100-199, 200-499 gacha).
Buyuk Britaniyada xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kichik biznesga kiritish 3 ta ko‘rsatkich asosida amalga oshiriladi, ya’ni ishlovchilar sonidan tashqari balans miqdori va yillik mablag‘ aylanmasi miqdori qo‘llaniladi.
AQSHda tarmoqlar xususiyatini hisobga olib “yillik sotuv miqdori” ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Masalan, transportda yillik sotuv miqdori 3,5 dan 20 mln. dollar orasida, qurilishda 9-21, ulgurji savdoda 15-35, chakana savdoda 3,5 – 13,5, xizmat ko‘rsatish sohasida 2,5 – 14,5 mln. dollar orasida bo‘lsa, bu xo‘jalik yurituvchi subyekt kichik biznes subyekti hisoblanadi.
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo’lib borishiga erishilmoqda. Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko’paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo’naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o’tish masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz darkor. Yurtimizda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion rivojlanish yo’llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo’lgan e’tibor yildan-yilga oshib bormoqda.