O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. Shunday ekan, bunday sharoitda, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:

- xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan koorperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo’lmaydi;
- bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini yaratadi, hamda o’zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xususiyatlari uning bir qancha afzalliklarga ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi:
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xususiyatlari uning bir qancha afzalliklarga ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi:
- izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o’zlashtirish, ularni talabning tez o’zgarib turish xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;
- tezkor texnik servisning ishonchligi va iste’molchilar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish;
- ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga, hamda bozor vaziyatlari o’zgarishlariga muvofiq olib borish;
- ortiqcha ish kuchini o’ziga singdirish;
- boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo’qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o’zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o’zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;
- xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liqroq va samaraliroq foydalanish.