7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix03.10.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#64471
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
7-mavzu jamiyat va oila falsafasi reja

3-MASALA. Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot 
yo’lini tanlash huquqiga ega bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni 
ta’minlash garovi ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan 
keiyn o’z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o’ziga xos va mos 
taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlantirishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega 
bo’ldi. 
Demokratik jamiyat uchun inson manfaatlari, erkinligi va qadr-qimmati oliy 
qadriyat hisoblanadi. Har qanday jamiyat hayoti uchun davomiylik, vorisiylik va 
uzluksizlik xosdir. Bu qonuniyatlar buzilsa, jamiyatning tabiiy hayotida 
yo’qotishlar ro’y beradi. Bu holat, ayniqsa, bir tizimdan boshqa tizimga o’tish, 
jamiyat rivojlanishining yangi bosqichiga ko’tarish jarayonida yaqqol ko’zga 
tashlanadi. Mavjud tizimdan sifat jihatdan yangi tizimga o’tish jarayonida 
islohotlarni ijtimoiy larzalarsiz amalga, odamlarning tafakkurini o’zgartirish, yangi 
qonun va normalar ishlab eskizidan foydalanish jamiyat rivojlanishiga ta’sir 
ko’rsatadi.
Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi 
ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga 
tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida odatda ikki yo’ldan – inqilobiy va tadrijiy 
yo’ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy 
o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (yevolyusion) 
taraqqiyoti barqaror – tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatadi. O’zbekiston 
Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday 
izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, - evolyusion yo’li bilan normal, 
madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va 
mohiyatidir. .. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta o’zgarishlar 
yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan – bosqichma-bosqich 
harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilish lozim 
bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining 
mehnat faoliyatiga bog’liqdir».
11
O’zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir: 
– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; 
11
Ислом Каримов. Ўзбекистон: миллий истиҚлол, иҚтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. Т., 1996 й.ғ 40-41, 64-
бетлар.


– davlatning bosh islohotchi ekanligi; 
– qonun ustuvorligi; 
– kuchli ijtimoiy himoyalash; 
– bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish; 
o’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy 
qadriyatlarning qayta tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning 
ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, 
demokratik 
qadriyatlarning 
rivojlantirilishi 
hamda 
inson 
huquqlarining 
kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.
O’zbek modelining hayotiyligi jahon jaoatchiligi tomonidan e’tirof qilindi. 
O’zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va 
uni o’rganishga bo’lgan qizikish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li 
ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishni bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga 
oshirishda, ma’naviyat, ma’rivat, madaniyatga bo’lgan e’tiborning kuchayishida 
yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi insoni intellektual va 
axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin 
yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini 
rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning 
tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. 
Har bir jamiyat a’zosi oila bag’rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni 
o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni 
shakllantirish, yni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. 
Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim sharoitdir. Shu 
boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi. 
Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan oilaviy 
madaniyatga bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er 
va xotinning mavqyei,oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. 
Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyatimiz sohasida amalga 
oshirilayotgan islohotlar, avvalo oila qadriyatlarini, eng ilg’or an’analarni tiklashga 
qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona 
va ayolning muqaddasligi to’g’risidagi g’oyalar oilaviy munosabatlarni 
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ulug’ mutafakkirlar jamiyatning 
madaniy darajasi ayol va oiladagi ahvol, mavqyei bilan belgilanishini alohida 
ta’kidlaganlar. Sog’lom, barkamol avlod tarbiyasi jihatdan ayolning ma’anviy 
salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog’liqdir. Mamlakatimizda 
keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi 
mavqyei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir.
Oila muammolari ilmiy asosda o’rganilganligi va ularni oqilona hal etishni 
o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining 
tashkil etilganligi ham davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga 
alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi.


Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish ,ijtimoiy barqarorlikni 
ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, 
insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir. 
Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish 
shakllari va usullari ham takomillashib boradi. O’zgargan tarixiy sharoitda 
davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati 
vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi 
bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va 
ahamiyat kasb etdi.
Birinchi prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning 
o’zbek modeli konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin 
tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub 
islohotlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy 
demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli javmiyatga o’tishga 
qaratilgandir. 
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat 
ko’rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish 
mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar 
uyushmalari, turli jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, 
mahalla o’mitalari av boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik 
jamiyatini barpo etishga qaratilgandir. 
Demokratik jamiyatni barpo etish – O’zbekiston taraqqiyotining bosh 
maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga 
asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin 
uyushmalarning ko’p qirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib 
bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga 
asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabr-
toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Demokratik 
jamiyat umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos 
turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O’zbekiston milliy 
mustaqilligining dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o’z 
oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Demokratik jamiyatda davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini 
boshqarish organlari qo’liga o’ta boshladi, mahalliy hokimiyat organlarining 
vakolati kengayadi. Bunday jamiyat asoslarini barpo etish kishilarning yuksak 
siyosiy 
va 
huquqiy 
madaniyati, 
ijtimoiy-siyosiy 
faolligiga 
tayanadi. 
Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining 
kuchaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini 
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin