7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix03.10.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#64471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
7-mavzu jamiyat va oila falsafasi reja

Marksizm. K.Marks (1818-1883) va F.Engels (1820-1895) jamiyatni o’z-
o’zidan rivojlanadigan, iqtisodiy rivojlanishning bir bosqichidagi barcha 
mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan o’ta murakkab tizim sifatida tavsiflaydi. 


Jamiyatning ziddiyatli birlikni tashkil etadigan barcha tarkibiy qismlari moddiy 
ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Mazkur munosabatlar majmui 
bazisni, ya’ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Shu asosda jamiyatning 
o’ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-tarixiy tipi shakllanadi. 
Jamiyatning umumiy iqtisodiy asosda shakllanadigan va «alohida, o’ziga xos 
xususiyat»ga ega bo’lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formasiya deb belgilaydi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarning o’zgarishiga Marks pirovard natijada ishlab 
chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining dialektikasi bilan 
belgilanadigan qonuniy, tabiiy-tarixiy jarayon sifatida qaraydi.
G.Spenser. Sosiologiyada organik yo’nalish asoschisi Gerbert Spenser (1820-
1903) jamiyatga individlar birlashmasi sifatida yondashadi. Uning fikricha, mazkur 
individlarning rivojlanishidagi farqlar jamiyat evolyusiyasining dastlabki shartlari 
hisoblanadi. Jumladan, ibtidoiy qabilalar rivojlanishda oqsaganini Spenser ularning 
qobiliyatlari 
rivojlanish 
darajasining 
pastligi 
bilan 
tushuntiradi. 
Eng 
moslashuvchan jamiyatlarning yashash uchun kurashini ijtimoiy taraqqiyotning 
asosiy qonuni deb hisoblaydi. U iqlim, tabiiy sharoitning ijtimoiy jarayonlarga 
ta’sirini o’rgangan. Spenser yaratgan ta’limotni keyinchalik sosiologiyadagi 
geografik oqimlarning vakillari rivojlantirgan.
E.Dyurkgeym. E.Dyurkgeym (1858-1917), jamiyatni tushunishni qadriyatlar 
tizimi bilan bog’lagan, faqat shu yo’l bilan tarixni uning o’ziga xos xususiyatiga 
muvofiq tarzda o’rganish mumkin, deb hisoblagan. E.Dyurkgeym ham 
qadriyatlarni jamiyat tuzilishini belgilovchi muhim omil deb bilgan. Jamiyat 
tuzilmasini o’rganishga nisbatan u strukturaviy funksionalizm nuqtai nazaridan 
yondashgan. Jamiyat borliqning alohida sohasi bo’lib, u o’z qonunlariga muvofiq 
rivojlanadi. Noijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan omillar jamiyat hayotiga jiddiy 
ta’sir ko’rsatishga qodir emas. Jamiyat tuzilmasiga Dyurkgeym o’zaro ta’sirga 
kirishadigan va bir-birini vujudga keltiradigan ijtimoiy dalillar majmui sifatida 
qaraydi. Ijtimoiy dalillar sababini ongdan emas, balki bundan oldingi ijtimoiy 
dalillardan qidirish lozim. Ijtimoiy tuzilma dalillarning ikki guruhidan tarkib 
topadi: birinchidan, u moddiy va ma’naviy qadriyatlarni, ikkinchidan, ijtimoiy 
jamoalarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy jamoalarni tahlil qilar ekan, Dyurkgeym oila, 
kasbiy guruh kabi jamoalarni, shuningdek mehnat taqsimotiga muvofiq vujudga 
keladigan, ijtimoiy birlik (axloq, din)ni ifoda etadigan ijtimoiy institutlarni 
farqlaydi. Ijtimoiy jarayonda sababiyat ijtimoiy muhitning yuqorida zikr etilgan 
elementlarining u yoki bu hodisani vujudga keltiradigan o’zaro ta’siridir.
Dyurkgeym ijtimoiy evolyusiya mavjudligini qayd etadi va uni mehnat 
taqsimoti bilan bog’laydi. U rivojlangan mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va 
kooperasiyani yuksak darajada uyushgan jamiyatning belgisi deb hisoblaydi. 
Mazkur jamiyat mehnat taqsimoti mavjud bo’lmagan arxaik jamiyatlardan ayni shu 
belgiga ko’ra farq qiladi. Mehnat taqsimoti individlar o’rtasidagi farqlarni 
belgilaydi va shaxs shakllanishining omili hisoblanadi. U odamlarni o’zaro 
aloqadorlik tizimi bilan birlashtirib, ijtimoiy aloqalarga uyg’un tus beradi.
Dyurkgeym shaxs va jamiyatning uzviy aloqasini qayd etadi. Uning fikricha, 
jamiyatning tubanlashuvi muqarrar tarzda shaxsning tubanlashuviga sabab bo’ladi. 
Ne’matlar va xizmatlarni ayirboshlashning buzilishi natijasida yuzaga keladigan 


tengsizlik, shuningdek shaxs o’z kasbiy roliga moslashmagani jamiyatda sinfiy 
kurashni keltirib chiqaradi. Mehnat taqsimotini muvofiqlashtirishning maqbul 
vositalarini topish, imkoniyatlar tengligini ta’minlaydigan qoidalarning aniq 
majmuini belgilash talab etiladi. Dyurkgeym bu jarayonda sosiologiya fan sifatida 
ayniqsa muhim rol o’ynaydi deb hisoblagan.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin