7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/14
tarix20.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#165803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
7-mavzu jamiyat va oila falsafasi reja

6-
 
MASALA. 
Ehtiyoj – biologik va ijtimoiy yashash va faoliyat 
ko’rsatish uchun zarur bo’lgan narsalarga munosabat sobiq ittifoq davrida chop 
etilgan falsafiy lug’at, qomus va qomusiy lug’atlarda ehtiyoj, inson organizmi va 
shaxsiyatining yashashi uchun kerak bo’lgan narsalarga zarurat deb talqin qilingan. 
Ehtiyoj faqat inson organizmi uchun emas, balki o’simliklar dunyosi, korxonalar, 
siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va boshqa har qanday tabiiy ijtimoiy tizimlar 
uchun ham xos bo’lgan xususiyat hisoblangan. Bundan tashqari, organizm yoki 
tizim hayoti uchun zarur bo’lgan narsani ham ehtiyoj deb ta’riflab bo’lmaydi. 
Chunki shu narsa bilan tizim yetarli ta’minlanganda unga nisbatan zarurat 
yo’qoladi.
Jahon falsafa va psixologiya fanida ehtiyojlar mohiyati ikki yo’sinda 
izohlanadi. Bir guruh faylasuf va psixologlar ehtiyojni organizm yoki individning 
holati deb baholaydilar. Masalan, ochiqqan odam ovqatga ehtiyoj sezadi. Demak, 
shu ehtiyoj individholati tufayli yuzaga keladi deydilar ular. Boshqa guruh olimlar 
esa ehtiyojni individning atrof-muhitdagi anrsa va hodisalarga munosabati deb 
tushuntiradilar.
Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati
ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular 
quyidagilardir: 
- mehnatni tashkil etish usuli va shakllarining o’zgarganligi; 
- mehnatga yangicha munosabatni rag’batlantirishga yordam beruvchi
omillar; 
- o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash 
imkoniyatining yaratilganligi; 
- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi; 
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; 
- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi; 
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; 
- demokratik qadriyatlar rivoji; 
- ma’naviy meros va madaniyat yutuqlaridani erkin foydalanish 
imkoniyatining yaratilganligi kabilardir. 
Ular shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda uning komil 
inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida 
amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari 
ro’yobga chiqishini ta’minlashga ,uning barkamol sifatlar kasb etishiga 
qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan bahramand bo’luvchigina emas, balki 
ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish 
jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e’zozlanadi.
Insonning jamiyatdagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga 
quyidagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi: 
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish; 
- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish; 


- insonning o’ziligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, 
sog’lom avlodlar uzluksizligini ta’minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar 
qoldirishi va iymon-ye’tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish. 
Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalaqit beradigan nuqsonlar ham inson 
tabiati bilan bog’liqdir. Hozirgi qadar inson to’g’risidagi falsafiy ta’limot va 
qarashlarda, asosan, uning ijobiy xususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko’proq 
e’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig’ining salbiy jihatlari ham tahlil 
qilina boshlandi.
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy 
mayillarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga 
keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid 
ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni paymol etib, ko’proq 
g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga 
harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, 
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini 
amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik,tinchlik va 
barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy 
adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga 
qarshilik ko’rsatadi. 
O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ko’zlab amalga 
oshirilayotganligi xususida Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb ta’kidlaydi: 
«Davlat qurulishi va uning taraqqiyoti, jamiyatning demokratik yangilanishi, 
iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan 
bog’liq bo’lgan, qisqacha aytganda, oldimizda turgan barcha muammo va 
vazifalarni yechishda «Islohot islohot uchun emas, avvalo nson uchun, inson 
manfaatlarini ta’minlash uchun» degan teran ma’noni aslo unutmasligimiz 
kerak».
12
Haqiqatdan 
ham 
mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
barcha 
islohotlarning markazida inson manfaatlari yotadi. Odat tusiga kirib qolgan bir 
an’ana, ya’ni har qaysi yilga nom berishda, avvalo, inson va uning manfaatlarini 
ta’minlashni, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, insonparvarlik 
muhitini mustahkamlashni, ko’pchilikni o’ylantirayotgan dolzarb muammolarni 
halqilishni va amalga oshirishni jamiyatimiz uchun ustuvor vazifa qilib belgilab 
olinganligi ham diqqatga sazovordir. 
Shaxs erkinligi demokratik qadriyatlar tizimida alohida o’rin tutadi. 
Erkinlik–insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti, 
anglanganligidir. Erkinlik tufayligina inson yaratuvchilik qobiliyatini namoyon 
etadi, shaxsiy ma’suliyat va insoniy burchini to’la his etadi. Shaxs erkinligi avvalo, 
axloqiy, so’z, vijdon, matbuot erkinligida ro’yobga chiqadi. Demokratik jamiyat 
shaxs erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish bilan cheklanib 
qolmay, ilm-fan, san’at, din, huquq va h.k. larni rivojlantirishga alohida e’tibor 
beradi.
12
Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуҚуҚ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий Қадрият. Т., 2005 йил, 
6-бет.


Shu o’rinda I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirmoqchimiz: «Bugun 
inson huquqlari va manfaatlari, ularni har tomonlama himoyalash va ta’minlash, 
jamiyatni demokratlashtirish va erkinlashtirish yo’llari haqida gapirar ekanmiz, bu 
mavzu dunyoda har doim, ayniqsa, so’nggi paytlarda eng o’tkir va dolzarb 
masalaga aylanib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin va buni tabiiy hol, deb 
qabul qilishimiz kerak».
13
Buni tushunib olish bugungi kunda inson huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlash o’ta dolzarb masala bo’lib kelayotganligini hayotni o’zi 
taqozo etmoqda. «Yerkinlik» tushunchasi har qanday shaxsga nisbatan emas, balki 
o’z xatti-harakati, xulq – atvori va faoliyati uchun javobgarlikni his etadigan, 
ma’naviy jihatdan barkamol insonga nisbatan qo’llaniladi: Jamiyatning ma’naviy 
salohiyati yusalib borgani sari, kishilar erkinlikka o’z boshimchalik, nimani 
xoxlasa shuni qilish deb emas, balki ma’naviy – intellektual rivojlanish imkoniyati 
deb qaraydilar. Bozor munosabatlari sharoitida kishilarning xulq-atvori va 
faoliyatini boshqarishda huquqiy normalar muhim rol o’ynay boshlaydi. Bozor 
munosabatlariga o’tish sharoitida inson qobiliyatlari to’laroq namoyon bo’ladi. 
Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qshshoq guruhlarga ajralishi 
tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning eng muhim xususiyati – aholining muayyan qismining ijtimoiy 
himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaxo’rlar, talabalar va nogironlarning 
davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol 
namoyon bo’layapti. 
Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg’unligidan ozod 
bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o’z bilimi va 
mahoratini oshirishlari uchun g’amxo’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning 
insonparvarlik yo’nalishiga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va 
bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash 
tamoyili Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining 
muhim jihatlaridan biridir. Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy 
ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati
uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. 
Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni 
shakllantirishga intiladi.
Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganish va umuman, 
ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy 
fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda ozod obod jamiyat qurish vazifalari 
uyg’unligini ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni 
va uning oldida turgan muhim vazifadir.
13
Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий қадрият. Т., 2005 йил, 
11-бет.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin