nazariy darajada rekonstruksiya qilishni amalga oshirish, tarixiy dalillar va
voqyealarning haqqoniylik darajasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Tarix falsafasining metodologik funksiyasi uning qoidalarini tarixiy
o’tmishning u yoki bu ijtimoiy fanlar doirasida o’rganiluvchi ayrim hodisalari va
voqyealarini o’rganish jarayonida amalga tatbiq etish imkoniyatidan iborat. Bu
holda tarix falsafasining qoidalari va xulosalari tarix, sosiologiya, iqtisod,
siyosatshunoslik, huquq falsafasi, psixologiya va boshqa fanlar sohasida amalga
oshiriluvchi tadqiqotlarda qudratli metodologik vosita rolini o’ynaydi.
Tarix falsafasining prognostik funksiyasi shundan iboratki, tarixiy jarayon
qonuniyatlarini bilish jamiyat, uning ayrim kichik tizimlarining rivojlanish
tendensiyalarini, tarix voqyealari, kishilar faoliyatining yaqin va uzoq kelajakdagi
oqibatlarini bashorat qilishga yordam beradi. Bunday bashorat negizida u yoki bu
ijtimoiy hodisalar va umuman jamiyatning rivojlanishini prognoz qilish mumkin.
Shuni qayd etish lozimki, tarix falsafasining ko’rib chiqilgan funksiyalari bir-
biri bilan uzviy bog’liq va bir-biriga o’tadi. Ularning har biri qolganlarini nazarda
tutadi va ularni o’z tarkibiga u yoki bu tarzda kiritadi.
Dostları ilə paylaş: